Kundalik
12 november 2015

Murod Jo‘raev ozod etildi

Bugun 12 noyabr kuni ertalab 21 yil qamoqda bo‘lgan, 4 marta raskrutka qilingan taniqli muxolifatdagi siyosatchi Murod Jo‘raev ozod etildi.

Eltuz.som manbasining ma'lum qilishicha to‘qqizta inson huquqlari tashkilotlari jumladan Amnesti Internatsional, Qiynoqlarga qarshi (ACAT-Frantsiya) nasroniylar assotsiatsiyasi, Markaziy Osiyoda Inson huquqlari assotsiatsiyasi, Fridom Hauz, Hyuman Rayts Votch, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro federatsiyasi (FIDH), Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik (IHRL), Norvegiya Xelsinki qo‘mitasi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya forumi O‘zbekiston hukumatidan Murord Jo‘raevning ozod etilishini, siyosiy mahkumga zarur tibbiy yordam ta'minlanishi va uning o‘z tinch siyosiy faoliyatini davom ettirishiga izn berilishini talab qilishgan.

XRV tadqiqotchisi Stiv Sverdlov, jumladan O‘zbekiston rasmiylari Jo‘raevni qiynoqqa tutgan va unga nisbatan o‘zboshimcha tergov olib borgan shaxslarni javobgarlikka tortishi lozimligini aytgan.

Matbuotda jumladan Jon Kerrining safari safari siyosiy mahkumning ozod etilishiga jiddiy turtki bo‘lgani aytiladi. 10 noyabr kuni «Ezgulik» jamiyati faollari siyosiy mahkum Murod Jo‘raev yigirma yildan buyon qolayotgan koloniyaga borib kelishgani ma'lum qilnadi.

Jo‘raev bugun 63 yoshida, u O‘zbekiston parlamentining vakili, Qashqadaryo viloyat, Muborak tumani hokimi, muxolifatdagi “Erk” Demokratik partiyasining a'zosi 18 Sentyabr 1994 yildan buyon qamoqda bo‘lgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 september 2018
«O‘zbekiston 24» kanalining kiyinish madaniyati «tanqid qilingan» 12 sentyabr kungi «Xalqaro Press klub» ko‘rsatuvida TV jurnalistlarining o‘zlari etika qoidalarini ...
3 december 2019
Rassom KirpiEltuz.com
19 june 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev yaqinda Toshkentda din arboblari, jamoat va davlat idoralari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakat uchun juda ...
28 october 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.MS: Tuz og‘a, O‘zbekistonda “NIMA QILISh KYeRAK?”  RT: ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...