Kundalik
22 december 2015

Shved bolalari: “Muhammad Bekjonga ozodlik!”

Amnesti tadbirlari doirasida Shvetsiya maktablarida Muhammad Bekjon ozodligiga bag‘ishlangan installyatsiyalar o‘rnatildi.

“Gimnaziyamizning qorong‘u bir burchagida panjaralar o‘rnatdik, panjara ortiga esa dunyodagi siyosiy mahkumlarning ramziy suvratlarini ildik”, – deydi 14 yashar Qunduz Sherikboeva, Shvetsiyadagi gimnaziya talabasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uning sinfdoshlari guruhlarga bo‘linib, diktatorlik rejimi jabrdiydalari mahkumlikda qolayotgan hukumatlarga maktublar yozishlari, fuqarolardan ularni yig‘ishlari, flesh-moblar o‘tkazishlari lozim.

“Qizim o‘spirinlikka qadam qo‘yarkan, dunyoqarashlari ham ancha o‘zgarib qoldi. Uni ayniqsa O‘zbekistonning bugungi siyosati, nohaq qamalganlar va turmalardagi qiynoqlar ko‘proq qiziqtirmoqda. Mavlud bayrami ta'tilida ham u, inson huquqlari aktsiyalarida ishtirok etmoqda.” – deydi uning onasi, Go‘zal Sherikboeva.

Qizining o‘zbek siyosatiga qiziqishlari bejiz emas, Go‘zalning o‘zi ham ko‘pdan “Erk” Demokratik partiyasiga a'zosi, so‘nggi o‘n yil mobaynida partiyaning Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan aktsiyalarida qatnashgan.

Qunduz Shvetsiyada tug‘ildi, o‘zbek tilida ham uncha yaxshi gapira olmaydi. Biroq uning hayratiga sabab, o‘z tarixiy vatanida sodir bo‘layotgan nohaqliklardir.

“Mening tug‘ilgan vatanim Shvetsiya, biroq tarixiy vatanimiz O‘zbekistonda bugun diktatura hukmron, biz mazlum o‘zbek jamiyatiga yordam qo‘lini cho‘zishimiz lozim”, – deydi Gimnaziyada huquq fanidan tahsil olayotgan va tengqurlarini Muhammad Bekjon ozodligiga bag‘ishlangan ijtimoiy aktsiyalarda ishtirok etishga chorlayotgan Qunduz.

Uning shved o‘smirlaridan iborat guruhi o‘zbek turmasi mulozimlariga shved fuqarolari nomidan yozilgan maktublar va otkritkalar yig‘ishmoqda, ayni paytda bu maktublar pochta orqali O‘zbekistonga jo‘natiladi.

Qunduz endilikda o‘z oldiga huquqshunos bo‘lishni maqsad qilgan, mamlakat hurriyati yo‘lida kurashib, eng uzoq yillar turmada qolib kelayotgan jurnalist Muhammad Bekjon hayoti, ijodi va kurashi Qunduz uchun bir ulug‘ o‘rnak kabi ko‘rinmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 may 2016
O‘zbekistondagi ayni tendentsiyani bugun Eltuz.com nashri rassom Tuz qalamiga mansub navbatdagi kariakatura orqali aks ettiradi. Gazetada ismi oshkor etilmagan ...
26 november 2018
Haqiqatdan ham, “Yaxshiga qilsang yaxshilik ham aytadur, ham qaytadur ,- deydi, “yomonga qilsang yaxshilik, na aytadur, na qaytadur” deyishadi. ...
21 march 2019
O‘zbekiston hukumati fermerlik harakati siyosatini qaysi yo‘nalishda davom ettirishini bilmay, shuncha yillardan buyon halak bo‘lmoqda. Bundan bir necha oy ...
27 april 2022
Xorazm viloyatining Xiva shahrida 25 aprel kuni Lazgi xalqaro raqs festivali boshlandi. Dunyoning 30 dan ziyod mamlakatlaridan kelayotgan mehmonlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...