Kundalik
4 january 2016

O‘likning tabrigi

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Eltuz manbalariga ko‘ra janozada ortiqcha gap so‘z bo‘lmasligini MXX zobitlari maxsus nazorat qilgan.

O‘z TV diktori Abdumo‘min O‘tbosarov 31 dekabr kuni efirda prezident tabrigini o‘qib eshittirdi. Ëzib olingan bu tabrik efirga ketaëtganida Abdumo‘min O‘tbosarov allaqachon o‘lib bo‘lgan edi.

O‘tbosarov keng qamrovli infarkt oqibatida olamdan o‘tgani aytiladi. Eltuz manbalariga ko‘ra, O‘tbosarov prezident tabrigini 30 dekabr kuni o‘qigan.

31 dekabrga kelib esa prezident devonidan tabrikning taxrir qilingan varianti tushgan.

O‘tbosarov bu variantni o‘qish asnosida MTRK direktori bilan nizoga kirishgan. MTRK direktori O‘tbosarovni iznsiz uyga ketib qolganlikda ayblab tergagan. MTRK raisi kabinetidan chiqqan diktor o‘zini ëmon his qilgan. O‘z TV binosidagi hamshira unga ukol qilgan. Bu kor qilmagach, O‘z TV binosiga tez ërdam chaqirilgan. Abdumo‘min O‘tbosarov 31 dekabr kuni taxminan kunduzgi soat 11 larda kasalxonaga olib kelingan va o‘sha yerda jon bergan.

O‘tbosarov jon bergani xabari O‘z TVga yetgach rahbariyat zudlik bilan tabrikni boshqa diktorga qayta o‘qittirgan.

Eltuz manbalariga ko‘ra, tabrikning ikkinchi dublini diktor Alisher Badalov o‘qigan. Ammo rahbariyat Badalov ijrosidan qoniqmgan va marhum suxandon o‘qigan tabrik efirga ketgan.

Bor gap shu. “O‘likning tabrigi” degan jumlani ilk bora 1999 yili men Bosh muxarrir bo‘lgan Urganchdagi Ey El Si telekompaniyasi xodimi Nigora Abdullaevadan eshituvdim. Reklama ishlariga bosh qosh bo‘lgan Nigora o‘sha kuni olamdan o‘tgan mahalliy deputat o‘limi haqidagi xabarni efir setkasiga joylashtirar ekan “O‘likning tabrigi” degan jumlani ishlatdi. Zotan efir setkasidagi “Tabriklar” degan joyga ilk bor ta'ziya e'loni qo‘yilaëtgan edi.

Tag‘in o‘qing
5 may 2016
O‘zbekiston fuqarosi 36 yashar Muborakxon Usmonova o‘z jazmani 55 yashar Aziz Chalishqon (Aziz Çalışkan) tarafidan 27 aprel oqshomida bo‘g‘ib ...
12 april 2019
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda surunkali yoqqan yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan sellar natijasida odamlar qurbon bo‘lgani to‘g‘risida xalq orasida turli gaplar ...
13 may 2021
2005 yilning 13 mayda «akramiylar» deb atalgan guruh vakillari Andijonda harbiy qismga hujum qilib, qurollarni qo‘lga kiritishgan. Keyin ular ...
30 may 2016
«O‘zbek hukumati zudlik bilan va hech qanday shartsiz, 10 oktyabr kuni siyosiy motiv bilan qamoqqa hukm qilingan mustaqil jurnalistni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...