Kundalik
1 may 2016

Istanbullik yigit o‘zbek aëlni urib o‘ldirdi

Istanbulning Boshoqshahar (Başakşehir) mavzesida yashaydigan 55 yashar Aziz Chalishqon (Aziz Çalışkan) 29 aprel oqshomida o‘z sevgilisini o‘ldirganiga iqrorligini aytib politsiyaga taslim bo‘ldi.

“Har kuni urardim, ammo nega bugun o‘lganini tushunmay qoldim” dedi politsiyaga o‘z oëg‘i bilan kelgan muxtamal qotil.

Bu e'tirof ortidan Zië Go‘kalp mahallasidagi Azizning uyiga borgan politsiya guruhi u yerda bir aëlning jonsiz tanasini ko‘rishdi.

Aniqlanishicha jasad O‘zbekiston fuqarosi 36 yashar Muborakxon Usmonovaniki bo‘lib chiqdi. Ba'zi turk nashrlari maqtulning ismini Nuborakhon tarzida ham ëzishdi.

Politsiya vakillarining matbuotga bildirilishicha marxumaning badani kaltaklarardan mo‘matalaq bo‘lib ketgan va ba'zi joylari esa ërilib ketgan.

Xotinni o‘ldirganlikda gumon qilingan Azizning politsiyaga aytishicha “O‘rtada gap qochgan va mushtlar ishga tushgan”

“Bir musht uruvdim yiqilib yerga tushdi. Hushidan ketdi deb o‘yladim. Zotan har kuni urardim uni, taëqdan keyin hushiga kelib yig‘lab siqtab yuraverardi. Bu safar qattiqroq urdim chog‘i o‘lib qoldi”, deya e'tirof qiladi gumondor.

Eltuz.comga ma'lum bo‘lishicha, o‘zbek aëlni o‘ldirishda gumonlangan Turkiya vatandoshi 55 yashar Aziz Cholishqon muqaddam bir nechta jinoyatlar sodir qilib jazo o‘tagan va politsiya nazoratida turgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 march 2020
(Hikoyamas, bo‘lgani…) Ergash o‘lipti…O‘zbekistonda hamma koronavirus vahmasi-yu, bozor davrasi tashvishida… Go‘yoki och qolib ketgudek. Men esa bahorning iliq tunlarida ...
23 april 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 45-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Balki, ingliz tili ...
24 april 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 46-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Balki, «Mosyo Test»ning ...
9 november 2017
2017 yilgi paxta terimida «Umumxalq hashari» shiori ostida byudjet idoralari xodimlari, jumladan, o‘qituvchilar mehnatidan tobora kengroq foydalanilmoqda. Sirdaryo viloyatidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...