Catira
7 november 2018

Biznesni rasmiylashirish osonlashdi, yuritish emas

Yaqinda Jahon banki tomonidan e'lon qilingan “Biznes yuritish” (Doing business) reytingida O‘zbekiston 76-o‘rinni egalladi.

Ya'ni mamlakat o‘tgan yildagi o‘rnidan ikki pog‘ona pastlab, mintaqa davlatlari bo‘lmish Qozog‘iston (28-o‘rin) va Qirg‘izistondan (70-o‘rin) ko‘ra yomonroq, Tojikistondan (126-o‘rin) yaxshiroq natija ko‘rsatdi.

Holbuki, o‘tgan yili Vazirlar Mahkamasi “Biznes yuritish” reytingida O‘zbekistonning pozitsiyasini yaxshilash maqsadida maxsus komissiya tuzish haqida qaror qabul qilgandi.

Mazkur qarorda har yili O‘zbekistonning ushbu reytingdagi pozitsiyasini 10 pog‘onaga yaxshilash, 2021 yilga borib mamlakatning reytingdagi o‘rnini 40-pog‘onaga chiqarish ko‘zda tutilgandi.

O‘zbekiston o‘zini biznes uchun keng yo‘l ochayotgan davlat sifatida ko‘z-ko‘z qilishga urinayotgan bir paytda bu yilgi reytingda o‘tgan yildagidan ham yomon natija qayd etgani mamlakat imiji uchun bir zarba bo‘ldi, deyish mumkin.

Qolaversa, bu o‘tgan yili tuzilgan maxsus komissiya ishiga berilgan o‘ziga xos baho hamdir. Bunday komissiyani endi nima qilish kerak? Balki haydash kerakdir?!

Zero, shu komissiya tuzilishidan avval, ya'ni o‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini birdaniga 13 pog‘ona yaxshilab olgan edi.

Shu o‘rinda bir eslatma. Komissiya zimmasiga biznes uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalarini bajarmayotgan davlat organlari rahbarlarini javobgarlikka tortish choralarini qabul qilish bo‘yicha takliflar kiritish mas'uliyati ham yuklangan edi.

Jahon banki reytingidagi natija uchun endi kimga chora ko‘rish kerak, degan savol tug‘ilsa, balki o‘z vazifasini eplay olmayotgan mana shu komissiya a'zolariga, degan javob to‘g‘ri bo‘lmasmikin?

O‘tgan ikki yil davomida haqiqatan ham O‘zbekistonda biznesning ishini osonlashtirishga qaratilgan bir qancha choralar ko‘rildi.

Gruziyadan qandaydir islohotchi vazir taklif etilib, uning maslahatlari olindi. Janubiy koreyalik islohotchilar esa o‘zimizning odamlardek bo‘lib ketdi.

Ammo natija yomonlashdi, yaxshilanmadi. Rossiyaning endilikda marhum sobiq bosh vaziri Viktor Chernomirdin aytganidek, “yaxshiroq bo‘lishga harakat qildik, natija esa avvalgidek” bo‘lib chiqdi.

Reyting o‘z yo‘liga, lekin bir jihatni tan olish kerak – O‘zbekistonda tadbirkorlik sub'ektini tashkil etish avvalgi davrlardagidan ko‘ra ancha yaxshilangan. Hozir davlat xizmatlari markazlari orqali bu ishni juda tez amalga oshirish mumkin.

“Firma ochish osonlashdi, lekin biznesni rivojlantirishga to‘siqlar hamon oldingi davrlardagidek”, deydi “Eltuz” bilan suhbatlashgan tadbirkorlardan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, biznesni tekshirishlar kamaytirilgani aytilayotgan bo‘lsa-da, aslida ahvol kamroq o‘zgargan.

“O‘zim yaqinda geym klub ochgandim. Ochish juda oson bo‘ldi. Lekin kechqurun unisi kelib yop deydi, bunisi kelib yop deydi, to‘g‘risi, ijara pulidan oshirib rivojlanib ketish imkoniyati kam bo‘lib qolyapti”, deydi tadbirkor.

Biznesga nisbatan tazyiqlar paxta terimi mavsumida kuchayganini ham kuzatish mumkin. Xususan, tadbirkorlardan paxta terimi uchun majburiy tarzda pul yig‘ib olinishi holatlarini eslash kifoya.

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 november 2015
Ijtimoiy tarmoqlar 17 noyabrga o‘tar kechasi Karimov «yurak o‘ynog‘idan o‘ldi» deb habar tarqatgani ortidan O‘zbekiston prezidenti Pokiston Islom Respublikasi ...
9 november 2017
2017 yilgi paxta terimida «Umumxalq hashari» shiori ostida byudjet idoralari xodimlari, jumladan, o‘qituvchilar mehnatidan tobora kengroq foydalanilmoqda. Sirdaryo viloyatidan ...
14 may 2021
Manam Majnun behuddek gadolar bo‘lmasam bo‘lmas, Kiyib janda, kuloh, g‘amda adolar bo‘lmasam bo‘lmas. (Hamza) Jadid otamiz Hamza Hakimzoda ijodi ...
25 february 2021
Bolaligimda mendan 5-6 yosh katta qo‘shni kaptarvoz bola bo‘lardi. Ko‘pincha kaptarlari bizning hovlimizga uchib kelib qolardi. Hovlimizda u joy, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...