Dayjest
5 may 2016

Rejissyor filmlari buyurtma ekanini tan oldi

«Gumrohlar», «Aldangan ayol», «Ajal jodusi», «Odnoklassniki» kabi bugungi hukumatning mafkuraviy talablariga javob beradigan filmlar rejissyori Hilol Nasimov bu kabi kartinalarni maxsus buyurtma asosida olganini ochiqchasiga tan oldi.

«Adolat ko‘zgusi» gazetasiga intervyu bergan rejissyor suratga olgan filmlarining voqealari «hayotiy voqelikka asoslangani»ni iddao qilgan.

«Bir necha yillar oldin men internet tarmog‘i orqali foydalanuvchilar ongiga buzg‘unchi g‘oyalar singdirilayotgani va filmda buni fosh etishimiz kerakligi haqida topshiriq oldim», deydi H.Nasimov.

«Gumrohlar»dagi gumrohlar esa Vatanimiz mustaqillikka erishgan vaqtlarda iqtisodiy qiyinchilik yuz berganida yurtidan qochib, turli fisqu fasod gaplar bilan o‘z o‘lkasiga tosh otib, endi Vatan gadosi bo‘lib yurgan insonlar haqida… Har narsadan kir qidirib, ayb axtargandan yurtimizda bo‘layotgan tub o‘zgarishlarni tan ola bilish ham kerak», deya gapini davom ettirgan rejissyor.

H.Nasimov O‘zbekistonning «qadrini bilmaganlar oxir-oqibat ko‘r bo‘lishi»ni bashorat qiladi va «Vatanimizning kelajagi buyukligini, har kuni bo‘layotgan ijobiy islohotlar, bunyodkorlik ishlari, yuksalishlarni ochib berish» rejissyorlarning vazifasi ekanini ta'kidlaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 february 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (15.02) bugun o‘zbek jamiyatining og‘riqli nuqtasi – ayollarning xorijga chiqib ketayotgani masalasiga bag‘ishlangan maqola chop ...
20 march 2023
16 martga belgilangan Rauf Parfi haykali taqdimoti 27 martga ko‘chirildi. Taqdimot shoirning 80 ëshga to‘lishi arafasida bo‘ladi.
12 march 2019
Toshkentda 8 mart kuni o‘tgan tadbirda prezident Mirziyoev yigirma sakkiz nafar qizga Zulfiya nomidagi davlat mukofotlarini topshirdi. Hali maktabni ...
7 december 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...