Catira
25 june 2016

Toshkentdagi ajralish haykali qoshida

23 may kuni Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasidan chiqib ozroq yaëv yurib, toshkentliklar orasida “ajralish haykali” deya nom chiqargan monument oldiga borib qoldim.

1966 yil zilzilasiga atab qurilgan bu haykal haqida latifalar ko‘p. Shu payt qo‘limdagi aqlli soatim ping-ping qildi. Londondagi do‘stimdan SMS kelibdi.

“Falokat. Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etdi” degan ëzuvga ko‘zim tushdi. Keyin bilishimcha, Britaniya xalqining 52 foizi Yevropa Ittifoqidan (YeI) chiqishni yoqlab ovoz beribdi.

YeIdan chiqishga qarshi bo‘lganlar referendum natijalarini «falokat», ularning raqiblari esa «Britaniya mustaqillik kuni», deb baholabdi.

Bu gaplarni o‘qib turib ko‘zim haykalga tushdi. Monumentda bitta qovog‘ini solgan erkak qo‘lini siltab, “Yetar ajralaman deb shahdam oldinga qadam tashlamoqda. Aël kishi esa “Mendan ajralma” deb dod solmoqda. Haykal oldida to‘rtburchak tosh darz ketganicha turibdi.

Yevropa Britaniyadan ajraldim deb g‘ussaga botar ekan, Toshkentda bu voqeaga tayër haykal turibdi.
Moshollo!!!

Etyudnigimni ochib, suv bo‘ëqlar bilan bu haykalning rasmini chizdim.

Deyarli o‘zgarishsiz chizdim. Faqat monument oldidagi darz ketgan toshga BRYeKSIT kalimasini ëzdim.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2022
Hojimurod o‘z qahramonliklari bilan dong chiqargan, biror yoqqa borganida tug‘ ko‘targan, atrofida ot o‘ynatib, uni kuzatib boruvchi o‘nlab muridsiz ...
16 march 2020
O‘tgan hafta oxirida Toshkentdagi jinoyat doiralarida “Qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan yirik tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani Ravshan Muhiddinovning ...
15 april 2023
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.  Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ...
6 december 2021
«Albatta, keragidan ko‘p xato qilganmiz, ulardan juda afsusdaman. Eng katta xatoim sud, jin ursin, mustaqil sud tizimini tuza olmaganimiz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...