Kundalik
13 may 2016

Bosh vazir o‘rinbosari “chaqimchi kampir”larni martabaga loyiq ko‘rdi

Maxallaning sirini yuqoriga sim qoqib turadigan kampirlarga mahallalarning diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi ato qilindi.

Bu haqda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova Farg‘ona viloyatiga safari davomida ma'lum qildi.

Bositxonovaga ko‘ra “axloq maslahatchisi” lavozimi shaxsan prezident tomonidan joriy etilgan.

Bosh vazir o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra har bir mahallada bir nafar keksa onaxon kerali joyga sim qoqib “Kimning qanday nafas olaëtgani haqida” habar berib turishi lozim.

«Har bir mahalladan bir nafardan keksa onaxonlarni o‘zlaringizga vakil qilib olinglar. Har kuni o‘sha mahalladagi vakilingizga qo‘ng‘iroq qilib, mahallada kimning uyida notinchlik bo‘lganligini, kimning farzandi ikki kundan buyon uyga kelmayotganligini, yana kimning uyiga qanaqa mehmonlar kelganligini so‘rab oling. Toshkentning Chilonzor dahasidagi bir mahalla inspektori xuddi shunday qilar ekan, o‘sha inspektorning ishini respublikada ommalashtirmoqchimiz», deya ta'kidlagan Bositxonovaning so‘zlaridan Britaniyadagi Bi-bi-si radiosining o‘zbek hizmati iqtibos keltirdi.

rasm1137
O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari aëllar uchun xovuz kavlash, milliy siynaband va “uzbikini” yaratish takliflari bilan ham chiqqan edi

“Sim qoqadigan Sotti”

Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” asarida kelinlar sirini qaynonaga yetkazib turadigan shpion kelin – Sotti obrazi bor.

Oilalar ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirgan O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova o‘z vaqtida “Kelinlar qo‘zg‘oloni” komediyasini ko‘rib haëtga tadbiq etmadimikan degan fikr ham bor.

Said Ahmad asaridagi Sotti oila sirlarini faqat bitta odam ya'ni Farmonbibiga shipshitib turar edi.

Martabaga loyiq ko‘rilgan “chaqimchi kampir”lar mahalla sirlarini kimga yetkazishi masalasiga Elmira Bositxonova oydinlik kiritmagan.

Mahalla oqsoqoli va posbonlarning Milliy Xavfsizlik Xizmatiga “quloq”ligi e'tiborga olinsa, kampirlarning kimga sim qoqishi ham ma'lum bo‘ladi.

Bositxonova bundan oldin o‘zbek qo‘shiqchi aëllarining yupun kiyingani borasida zarda qilgan edi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari aëllar uchun xovuz kavlash, milliy siynaband va “uzbikini” yaratish takliflari bilan ham chiqqan edi.

Muqaddas Ro‘zimurodova
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 january 2020
Animatsiya (multfilm) qilishning qimmatligi bois 3 yanvar kuni Rassom Tuzning «juma va'zi» Eltuz yutub kanalida efirga berilmadi. Bu formatdagi ...
17 november 2024
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti binosi 9 qavat. Liftdan faqat professor-o‘qituvchilar va xodimlar foydalanishi mumkin. Talabalarga esa zinadan ...
28 march 2023
«Yuzuk-Art» tashkiloti faollari tashabbusi bilan 23 mart kuni Amerikadan topilgan va O‘zbekistonga keltirilgan «Buxoroning bombardimon qilinishi» triptixi xotirasini yo‘qotishga ...
16 march 2017
Medvedevga sovg‘a qilingan  muhtasham qasr hikoyasi Navalniy hisoboti markazidan o‘rin oldi. Ma'lum bo‘lishicha, Rossiya bosh vaziriga yaqinligi aytilayotgan jamg‘armaga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...