Catira
21 october 2025

O‘zbekning tilini kim kesdi

Bolasini o‘ris maktabga bergan ota enaga «nega bolang o‘zbekcha bilmaydi» desam «til bilgan yaxshiku» degan ezibichkini  darxol aytadi¸ Bu ota ena nazarida «til» bu o‘ris tili. O‘ris tilini bilish «til bilish» hisoblanadi. O‘zbek tili ular nazarida til emas.  Bitta olimaxon oposh esa «Bollaarim o‘rislarga o‘z tilida otpor bera olishini istayman» deydi. Bu gap 1863 yili dolzarb edi. Ya'ni o‘rislar Turkistonni bosib olganida. 1991 yildan boshlab O‘zbekiston mustaqil. Dunëda 180dan ziëd davlat va 7164ta til bor. O‘ris tiliyam shulardan biri. Turkiyaga borgan o‘zbeklar turklarga qarab o‘rischa gapirganini ko‘rganman. O‘zbekiston prezidentti Berlinga borganda uni kutib olgan nemis bolalariga o‘ris tilida gapirgandi. O‘zbek tarjimon o‘zbek prezidentning o‘rischa gapini nemis bollariga tarjima qiluvdi. Nemis bollari qaag‘dan bilsin o‘richchani. Sal yuzi yuvilib¸ tuzukroq kiyingan bacha o‘ris tilini biladi degan gap mustamlakachilik umurtqasini sindirganlar sindromi. Bugun o‘rislarni o‘zi Yevropada rus tilida gapirishga uyaladi. Chunki bu bosqinchining¸ irqchi va kasopat Putinning tili. 

Bu gaplarni yil o‘n ikki oy aytaverib charchadim. Marxamat tug‘ma ovsar va roddomni tsement poliga boshi bilan tushib miyasi tormoz bo‘lib qolganlar so‘z sizga. «Til bilgan baribir yaxshi» «O‘risni o‘zini tilida mot qilsin deya bolam o‘zbek tiliini bilmaydi» degan aljirashlarni ëzavering.

Latifa esa mana bu. O‘zbeklar tushgan uchoq ontarilib o‘nta o‘zbek kimsasiz orolda turishibdi. Ular  qutqaring bizni deb ëzishi ëki hech bo‘lmasa SOS deb qumga katta qilib ëzishi kerak. To‘g‘ri ëzilgan matnni ko‘kda uchib yurgan temir yo‘ldoshlar o‘qiy oladi. Xullas shu o‘nta o‘zbek bolasi (negr bolasi emas) qutqaring degan so‘zni to‘g‘ri ëza olishmagani uchun o‘lib ketishdi. Xatto SOS degan so‘zni to‘g‘ri ëza olishmagan. Osmondagi temir yo‘ldosh ularni o‘t o‘lan ëki kaltakesak deb o‘ylagan. Umuman  uncha to‘g‘ri o‘ylamagan. Yaqinda Qanar orolida katta kaltakesak ko‘zlariga qarasam shunaqa ma'noli va teran boqyapti.  Siz atrofdagi har qanday raxbar ëki bozordagi tujjor¸ machitdagi aprs xoji ko‘zlariga qarang. Ma'no ko‘rmaysiz. 

Kurva b@at kokain!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
17 july 2018
64 yoshli sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon 16 iyul kuni AQShning Sietl shahrida oilasi, farzandlari va nabiralari bilan uchrashdi. ...
2 december 2020
1 dekabrdan O‘zbekistonda hukumatning “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, ...
10 january 2019
Bekobodlik nashavandning «qiynalib yetishtirgan nasha o‘simligi»ni IIB xodimlari olib qo‘yishgani haqidagi prezident qabulxonasiga 2019 yil 5 yanvarda jo‘natilgan shikoyati ...
31 august 2018
Toshkentning Shayontovur tuman Ma'muriy sudi, 30 avgust kuni taniqli huquq himoyachisi, 67 yashar, A'zam Turg‘unovni «hokimiyatga bo‘ysunmaganlik»da ayblab bir ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...