Kundalik
20 june 2016

Masjid imomi o‘g‘il bolani zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda

Qirg‘iz matbuotining bildirishicha, 18 iyun kuni militsiyaga murojaat qilgan jalolobodlik ayol, qishloq masjidi imomining o‘z o‘g‘lini zo‘rlagani haqida ariza yozgan.

Gumonlanuvchi shu munosabat bilan ushlangan, unga nisbatan tegishli ekspertlar tayinlangan.

Ozodlik radiosining qirg‘iz xizmatiga ko‘ra, «Oilaga qo‘shni bo‘lgan imom, bolaga har safar 50 so‘mdan berib, ikki oy davomida uni zo‘rlab kelgan», Tibbiyot ekspertizasi jinsiy zo‘rlash faktini tasdiqlagan, gumonlanuvchi ham o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Gumonlanuvchining oilalik, ilgari sudlanmagani ma'lum. Ushlangan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Biroq bu, fosiq mullalar qilmishiga oid ilk yangilik emas.

Shu yil aprel oyining oxirlarida Turkiyada ham ikkita maktab o‘quvchisini zo‘rlagan imomning qo‘lga olingani, tintuv payti masjidda juda ko‘p miqdorda homiladorlikka qarshi tabletkalar topilgani haqida xabarlar bosilgandi.

Bundan ilgari esa Jalolobodga qo‘shni O‘sh viloyatidagi Qirg‘iz-turk madrasasi tarbiyachisi 9 yashar o‘g‘il bolaga nisbatan jinsiy tajovuzda ayblanib xibsga olingandi.

Uzoq cho‘zilgan mahkama avvaliga pedofil madrasa muallimini ruhiy kasalga chiqargan, keyinchalik esa viloyat sudi materialni qayta surishtiruvga jo‘natgan, mazkur instantsiya mahkamaning so‘nggi qarorini kuchda qoldirgan edi.

Mahkama o‘z yo‘liga, biroq qo‘li ostida 50 tarbiyalanuvchi bo‘lgan pedofil mullaning fosiqligi o‘shanda 9 yashar o‘g‘il bolaning bir umr nogiron bo‘lishiga olib kelgan edi.

Shuningdek, g‘arb matbuoti, ruhoniylar orasida nikohsizlik ahdini qabul qilish keng odat bo‘lgan katolik cherkovi tomonidan ham voyaga yetmagan o‘g‘il bolalarga nisbatan ko‘plab jinsiy tajovuzlar bo‘lib kelayotgani haqida yozadi.

2014 yilning aprelida, jumladan bugungi Rim papasi Frantsisk ruhoniy-pedofillar tomonidan cherkovga yetkazilgan zarar uchun kechirim so‘rab chiqish qilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 december 2019
2015-2017 yillarda O‘zbekiston fuqarolarining “buzuqlar maskani” deb e'lon qilingan kvartiralari va uylarini ommaviy ravishda musodara qilish holatlarini o‘rganish muhim ...
5 august 2020
Marhum prezident Islom Karimovning kenja kizi Lola Karimova (Tillaeva) Amerikadagi uchta villasini sotuvga qo‘ydi Rassom Tuz
3 april 2018
O‘zbek jurnalisti va yozuvchisi Hamid Ismoilov davlat uni «demokratik tendentsiyalarga mos kelmaydi» deb topganidan so‘ng 1992 yilda O‘zbekistondan qochishga ...
21 december 2020
Qishloqi qiz shahardagi boy oilaga kelin bo‘lib tushgach, o‘z urug‘laridan uyalarkan: «Kevurmanglar kir-chir bo‘lib. Bizani uyimizaga faqat chiroyli kiyingan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...