Kundalik
24 june 2016

Teatr ko‘chasida ro‘y bergan “o‘zbek fojeasi”

21 iyun kuni o‘shlik Rustamjon Turg‘unov ismli 33 yashar o‘zbek o‘zi bilan birga Fotixdagi arzon mehmonxona (Malabadi Beyazit Hotel)da yashagan to‘shakdoshi 44 yashar o‘zbekistonlik Gulchehra Mahamadjonovaning tomog‘iga pichoq tortti.

Dod-voy boshlanib mehmonxonaga politsiya kirib kelganida Rustamjon ayni pichoq bilan bilak tomirlarini kesib tashladi.

Istanbul politsiyasi tarqatgan habarga ko‘ra voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan tez ërdam mashinasi, qoniga belangan ikki o‘zbekni kasalxonaga yetkazgan.

Yarador juftlikning ahvoli og‘ir ekani ham aytilmoqda.

Eltuz.com muxbiri voqea sodir bo‘lgan mehmonxona hodimi bilan gaplashdi. Hodimning aytishicha hodisa soat kunduzgi uchlarda sodir bo‘lgan:

«Bularni oteldan chiqadigan vaqti kelgan edi. O‘zi soat 12 da hisob-kitob qilib ketishlari kerak edi. Chiqavermagach, xabar olay deb eshikni qoqdim. Eshik ochiq ekan ichkari kirdim. Qarasam hamma ëq qon. O‘rtada o‘zbek xotin qora-qonga belanib ëtibdi. Darxol politsiya chaqirdim, juda ko‘p politsiya keldi. Uchta mashinada kelishdi», – deydi suhbatdosh.

Istanbulning Teatr ko‘chasidagi mehmonxonasida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan Fotih mavzesi politsiyasi surishtiruv olib bormoqda.

Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni to‘ldirgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bugungi kunda tirikchilik ilinjida Turkiya shaharlarini ham “ishg‘ol” qilmoqda.

Rossiya matbuotida ëritilaverib siyqasi chiqqan “jinoyatchi o‘zbek” mavzusi shu kunlarda turk matbuotiga ko‘chmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 november 2020
Videoda Andijon shahri bozori maydoni, Qosimov ko‘chasidagi ahvol aks etgan. Siz video tomosha qilayotgan paytda, 24 noyabr kuni toza ...
15 december 2025
1970 yil 15 dekabrda Sovet Ittifoqining «Venera-7» kosmik apparati tarixda birinchi marta boshqa sayyora — Venera yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. ...
25 september 2025
Said Muhammad Rahimxon II Rossiya imperiyasiga o‘z yurtini boy bergan Xivaning oxirgi hukmdori edi. Ammo tan olish kerak, u ...
6 july 2017
O‘zbekistonlik adib va ruhshunos olim, bir qancha hikoyalar va she'rlar muallifi Mahmud Yo‘ldoshev 2-iyul kuni o‘zining audiokitobini chop etdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...