Kundalik
28 june 2016

Istanbuldagi bombali hujumda ikki o‘zbek o‘ldi

Toshkentlik Muxiddinov Samad Murodovich va Namangan shahridan 22 yashar Abrorjon Ustaboev Ayubxon o‘g‘li Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida yuz bergan hujumda nobud bo‘lgan.

rasm1612
Abror Ustaboevning Odnoklassniki tarmog‘iga qo‘ygan surati

Abrorjon Ustaboevning pasporti rasmini e'lon qilgan haberturk agentligining ëzishicha, 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Ustaboev aeroportga kelib, taksidan tushgan paytda portlash sodir bo‘lgan va u o‘sha joyda jon bergan.

Toshkentlik Samad Muhiddinovning portlash paytida aeroport ichkarisida bo‘lgani aytildi.

Konsulxonada sansolarlik bois jasadlar payshanba kuni ham Istanbul morgidan olib ketilmagan.

Portlash va otishmada yarador bo‘lgan o‘zbeklar soni 4 nafar ekani bildirilgandi.

Istanbul hujumida yaralangan o‘zbekistonlik 4 kishidan birining ismi-sharifi Rifat Salimov ekani haqida Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ma'lumot tarqatdi.

Terrorchilar avtomatdan o‘t ochgan paytda oëg‘iga o‘q tekkan Ravshan ismli yigitning Istanbul kasalxonalaridan birida davolanaëtgani haqida eltuz.com muxbiriga uning yaqin do‘stlaridan biri ma'lum qildi.

Istanbulda istiqomat qilaëtgan O‘zbekistonlik ëzuvchi Nurilla Otaxonov o‘z mikroblogida kasalxonada qolaëtgan o‘zbek yaradorlarini ziërat qilganligini ëzdi.

Istanbuldagi Otaturk aeroportida yuz bergan terakt oqibatida halok bo‘lgan 36 kishidan 28 nafarining shaxsi aniqlashtirilgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan, 147 kishi jarohatlangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 january 2025
O‘zbek siësiy boshqaruvining ërqin yulduzi Ra'no Abdullaeva 90 ëshida o‘ldi. Ra'no Habibovna Abdullaeva o‘z ish faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlagan ...
26 september 2016
Bugun qishloqda eng muhim ish paxta yig‘im-terimi bo‘lib turibdi. Hokimiyat vakillari paxta bu siyosat ekanini aytib, o‘qituvchi va shifokorlarni, ...
6 may 2016
O‘tgan hafta boshida Eltuz.com O‘zbekistonda eng oliy hukumat izni bilan yagona monopolist pereferentsiyasi berilgan «General motors» shirkati ustamalari bo‘yicha ...
24 march 2025
So‘ngida Turk xalqi uyg‘ondi. Tek millat o‘laroq butunlashdi. Haqsizliklarga, xalqning qonini ichib nonini yarimta qilaëtganlarga¸ yo‘qsillashtirib qashshoq qilgan adolatsizlikka ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...