Ko‘zqarash
11 july 2016

Aktsiya: #MenAytishdanQo‘rqmayman

Ukraina va Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida maqsadi ayollar va qizlarga nisbatan qilingan shilqimlik va jinsiy zo‘ravonlikka jamoatchilik e'tiborini tortishga qaratilgan aktsiya o‘tkazilmoqda.

«Bugun biz, ayollar gapirishini istaymiz. Bizning aksariyatimiz boshidan kechirgan zo‘ravonliklar haqida gapirishimiz muhim. Biz o‘zimizni oqlash haqida gapirishimiz shart emas. Chunki biz o‘zimizni oqlashga harakat qilishimiz shart emas. Biz aybdor emasmiz, aybdor HAR DOIM zo‘ravon-tajovuzkordir. Men aytishdan qo‘rqmayman. Zero, men o‘zimni aybdor hisoblamayman», deb yozdi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tadbir tashabbuskori, ukrainalik jurnalist Anastasiya Melnichenko.

Internetdagi aktsiya o‘z hayotida jinsiy zo‘ravonlikka uchragan ayollar haqidagi hikoyalar to‘lqini qalqishiga sabab bo‘ldi.

#‎Menaytishdanqo‘rqmayman ‬ — bunday deyish noto‘g‘ri, men qo‘rqaman. Men endigina 15 yoshga to‘lgandim, yoshim kattaroq ko‘rinardi, jinsiy yaqinlik haqida faqat klassik adabiyotlarda o‘qigandim va bu bilan umuman qiziqmasdim. Meni o‘zimning tanishim bo‘lgan 19 yoshli yigit zo‘rladi. Biz faqat o‘smirlikdagi bo‘sa olishga asoslangan ishqiy munosabatda edik, xolos. Ammo meni uning o‘zini g‘ayrioddiy tutgani cho‘chitgandi va men bu haqda unga aytishga qaror qildim. O‘shandan buyon juda ko‘p narsaga aqlim yetadi: bunday vaqtda baqira olmaysan, chunki tomog‘ingga bir narsa tiqilganday bo‘ladi va ovozing chiqmaydi, bunday vaqtda jismoniy jihatdan uncha baquvvat bo‘lmagan erkakka ham ayol qimirlay olmasligini ta'minlash juda osondir.

Bunaqa mudhish hikoyalar juda ko‘p va ayollar har kuni o‘z boshidan kechirganlarini bayon qilishda davom etayotir.

Psixologlar jinsiy zo‘ravonlik qurbonlariga o‘z boshidan kechirganlari haqida aytishdan tortinmaslikni maslahat beradi. Chunki bu holat ayolni butun umri davomida ta'qib etadi. Ammo jamoatchilik ta'nalaridan qo‘rqish, qarindoshlar oldida uyatga qolish va boshqa ko‘plab sabablar ayollarni bu dardni o‘z ichiga yutishga majbur etadi.

O‘zbek ayollari va qizlaridan ham shunday ochiqlikni kutish mumkinmi?

Aksariyat holatlarda bu savolga «yo‘q», degan javob olinadi. «O‘zing aybdorsan» – bu odatda jinsiy tajovuz qurboni yuziga aytiladigan eng keng tarqalgan fikrlardan biridir.

Shunga qaramay, biz ayollarga shilqimlik qilish va jinsiy tajovuz muammosi yuzasidan bahs-munozara boshlash istagidamiz. Zero, bu muammoning ahamiyatini baholash juda qiyin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 november 2019
4 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA saytida prezident Shavkat Mirziyoevning qizi Saida Mirziyoevaning tug‘ilgan kuni sharafiga ...
14 march 2019
Juda g‘alati ishlar bo‘lyaptiki, na jim turib bo‘ladi va na gapirib. Ammo “qilingan ishdan pushaymon qilinmagan ishdan pushaymondan yaxshiroq”, ...
22 december 2017
22 dekabr kuni prezident Mirziyoev O‘zbekiston Oliy Majlisiga murojaatida mamlakat harbiy doktrinasi butunlay boshqatdan ko‘rib chiqilayotgani haqida gapirdi. «Hokimlar ...
17 july 2024
«Vaqf» xayriya jamoat fondining xayriya ishlari bo‘yicha direktori Sardor Rahimxon (hujjatda Sanjar Rahimov) ehson ilinjida spektakl uyushtirgani xabar qilinmoqda. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...