Kundalik
2 september 2016

Karimovdan keyingi O‘zbekiston

Konstitutsiya chekloviga qaramasdan 27 yil prezidentlik lavozimida o‘tirgan Islom Karimov dafn qilinar ekan, undan keyin kim bo‘ladi degan savol o‘rtaga chiqdi. Sovet tarixini bilganlar “Kim janozani tashkil” qilsa o‘sha rahbar bo‘ladi deyishmoqda.

Demak respublika Bosh vazir Shavkat Mirziëev nazoratiga o‘tadi. Mamlakat tashqi siësatida G‘arbdan uzoqlashish va Rossiyaga yaqinlashish jaraëni boshlanadi.

Shu paytgacha Mirziëev rossiyaparast, Moliya vaziri Rustam Azimov esa G‘arb tarafida degan stereotip mavjud edi.

Bu stereotipning yashashga haqi borligini aytgan holda ba'zi detallarga e'tiboringizni qaratsam.

Karimov o‘lim to‘shagida ëtgan uch kun ichida Shavkat Mirziëev va Rustam Azimov bir necha marta uchrashib kontsensusga kelishdi.

Bu kelishuvga ko‘ra, Mirziëev bilan Azimov mamlakatni birgalikda boshqarishadi (Putin-Medvedev kabi)

Kimning qaysi lavozimda bo‘lishi haqida aniq gap yo‘q, lekin boshqaruvda Rossiya va G‘arb manfaatlari teng inobatga olinishi borasida ahd qilingan.

Hozircha bilganim, mamlakat Karimov ko‘milganidan keyingi ilk oylarda muvozantli boshqariladi.

Hokimiyat O‘zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatov, Bosh vazir Shavkat Mirziëev va Vitse premer Rustam Azimov qo‘lida taqsimlanadi.

Oldimizdagi bir necha kun ichida Konstitutsiyaning 96-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston rahbarligi shu kunlarda senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev zimmasiga o‘tadi. Prezidentlik saylovi esa 25 dekabrga belgilandi.

Saylov natijasi ham oldindan ma'lum.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 may 2020
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mulozimasi Mariya Zaxarova «rasmiy idoralarda o‘zbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotgani»ni ëzg‘irgani ortidan tarmoqdagi mo‘'tadil ...
10 august 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solix bilan may oyida o‘tkazilgan bu suhbat bevosita Eltuz tashabbusi bilan tayyorlandi. Faqat ...
12 october 2018
O‘zbekiston harbiy qismlaridan biridagi askarning «Eltuz»ga bildirishicha, ular vaqtli harbiy xizmatni Andijon viloyati dalalarida paxta terish bilan o‘tashmoqda. Yotoqda ...
18 august 2020
O‘zbekiston paxta sektorini xususiylashtirish jarayonidagi xatarlar Power Briefs turkumining O‘zbekistondagi paxta sektorini xususiylashtirish jarayonida asosiy rol ajratilgan klasterlar tizimiga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...