Kundalik
23 september 2016

Farg‘onadagi ikkita kollej o‘quvchilari bufetdagi ovqatdan zaharlanishdi

21-22 sentyabr kunlari Buvayda tumanidagi shifoxonaga birin ketin tumanning ikkita kollej bufetidagi pishiriqlarda zaxarlangani iddao qilingan o‘quvchilar keltirilgan.

Tuman  tibbiyot birlashmasidagi Yeltuz.com nashrining manbasi, kollej o‘qituvchilari va ota onalarning tasdig‘icha, qizlardan besh nafarining ahvoli og‘ir holda shifoxonaga yotqizilgan, boshqalarga esa yengil zaharlangani bois uylariga javob berilgan.

Pedagogika kollejidagi ayni hodisa 21 sentyabr kuni ro‘y bergan bo‘lsa, xuddi shu tumandagi Tibbiyot kollejida ham 22 sentyabr kuni 20 dan ziyod o‘quvchilar zaharlanib tibbiyot birlashmasining tez yordam bo‘limiga keltirilgan.

«Qizimning organizmi juda baquvvat edi, uncha-buncha narsaga kasal bo‘lmasdi. Otravleniya bo‘lib qoldi. Kollej bufetida «xotdog» yegan ekan. Ketchupi eskirib qolgan ekan, – deydi bu haqda Eltuz.som nashriga xabar bergan o‘quvchi qizning onasi.

«Kollej bufetida faqat pechene va vafli qoldi xolos»,- deydi Tibbiyot kolleji o‘qituvchilaridan biri.

Uning bildirishicha, hamma mahsulotni o‘sha kuniyoq SES (Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat bo‘limi) yig‘ishtirib ketgan.

Ota onalar, va tuman kollej o‘quvchilari bufetlaridagi ovqatlar sifatsizligidan shikoyat qilishmoqda.

«Ko‘pchilik asalli tortdan, yana boshqalar xot dogning ketchupidan zaharlanishgan», deydi tibbiyot kolleji o‘qituvchisi.

Eltuz.com nashri manbalari, shuningdek, ayni paytda uylariga qo‘yib yuborilgan kollej talabalari ham ba'zan xushdan ketib, tag‘in betob bo‘lib qolishayotganini aytishmoqda.

Eltuz.com

 

Tag‘in o‘qing
25 october 2015
Bugun dunyo matbuoti Rossiya migratsiya xizmati va politsiyasi ushlagan tojik oilasining olib qo‘yilgan besh oylik emizikli bolasi Umarali Nazarov ...
20 april 2019
Ko‘plab manbalarda Muhammad CAV tug‘ilgan kunlari turlicha talqin qilinadi, biroq sahih deya atalgan ko‘p manbalarda 571 yilning 20 apreli ...
11 december 2025
Kariimovni faqat diniy ekstremizm bilan kurashgan deyishadi. Yo‘q, unday emas, u hokimiyatga kelgan kunidan boshlab dunyoviy muxolifat, ziyolilar, erkin ...
7 january 2017
Ijtimoiy tarmoqda yangi yil kuni qorqiz kiyimini kiygan bola va uning sherigi kechirim so‘radi Bundan ilgari yangi yil kuni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...