Asosiy mavzular
20 october 2016

Shved parlamentiga o‘zbek siyosiy mahkumlarini ozod etish rejasi taklif etildi (video)

18-19 oktyabr kunlari Shvetsiya poytaxtida o‘tgan tadbirlarda O‘zbekistondagi bugungi siyosat, So‘z erkinligi, vijdon mahkumlari va paxtachilikdagi majburiy mehnat muammolari muhokama etildi.

Shved jamoatchiligini shuningdek geopolitika, jumladan mamlakatga Rossiya nazoratining qaytishi havfi ham qiziqtirdi.

Uchrashuvlar natijasida shved parlamenti va yevroparlament a'zolari orqali o‘zbek hukumatidan siyosiy mahkumlarning ozod etlishini talab qilish tashabbusi tug‘ildi.

O‘zbek siyosiy faoli Po‘lat Oxunovning fikricha, mamlakatda Konstitutsiyaning 24 yilligiga atab e'lon qilingan amnistiya arafasida, shved parlamenti vakillarining o‘zbek hukumatiga nohaq qamalgan o‘zbek siyosiy mahkumlarning ozod qilinishini so‘rab maktub yozishi dolzarb ahamiyatga egadir.

23 yilu 4 oydan buyon qamoqda qolayotgan siyosiy mahkum, sobiq deputat va «Erk» Demokratik partiyasining a'zosi 72 yashar Samandar Qo‘qonovga¸ qamoqxona ichki qoidalarini buzdi, deya yana yangi jazo tayinlash maqsadida tergov harakatlarining boshlangani haqidagi xabar shved jamoatchiligi va parlamenti vakillari junbushga soldi.

Shu munosabat bilan shved rasmiylariga zudlik bilan ozod etilishi kerak bo‘lgan o‘zbek siyosiy mahkumlarining ro‘yxatini taqdim etish haqida qaror qilindi.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 september 2025
Uchko‘prik Yilg‘inzor qishloq ahli tuman hokimi Qodirjon Erkaboev va prokuror O‘ktamali Yo‘lchiev faoliyatidan norozi. Hokim qishloqdagi maktab binosini bo‘sh ...
13 august 2023
Xorazm viloyatining Xiva shahrida 12-13 avgust kunlari qovun sayli bo‘lib o‘tdi. Xorazm viloyati qovun va tarvuz eksporti bo‘yicha 1-o‘rinda bormoqda. 2021 yilning dastlabki ...
3 july 2025
Mabodo kimdir AQShda politsiyani o‘ldirsa, qiëmat qo‘pgan bo‘lardi. AQSh xududidagi xar bir politsiya xodimi bu qotilni ushlab peshanasidan otishni ...
18 april 2020
«Eltuz» tahririyatga joriy yilning 14 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov nomiga yuborilgan jamoaviy murojaat nusxasi kelib tushdi. 109 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...