Kundalik
3 january 2017

Yahyo Mashrabovning Turkiyadagi terrorga aloqasi borligi tasdiqlanmadi

Qorasuvlik Yaxë Mashrabov Bishkekka uchib keldi, uni so‘roq qilgan qirg‘iz rasmiylari Mashrabovning terrorga aloqasi yo‘qligini aytishdi.

Qotilning qiyofadoshi qorasuvlik tijoratchi Yahyo Mashrabov. Odnoklassniki saytidan

Qirg‘izistonlik bundan ilgari Eltuz xabar qilgan ehtimoliy qotilning qiyofadoshi bo‘lishi mumkin xolos.

Turkiya istixborat xizmati xodimlari ming soatdan ko‘proq videotasvirlarni ko‘rib chiqqan.

Qirg‘iziston Tashqi Ishlar Vazirligi vakilining Eltuz muxbiriga aytishicha, muhtamal terrorchiga oid ma'lumotlar o‘rganilgan va Mashrabovning terrorga aloqasi yo‘qligini bildirishgan.

1 yanvarga o‘tar kechasi Qorbobo kiyimini kiygan hujumchining Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujumida 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan.

Hujumchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, politsiya qidiruv amaliyotlarini olib bormoqda. Eltuz muxbiri voqealar rivojini kuzatmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 october 2025
NBC News telekanaliga Amerika razvedkasining xulosalari haqida xabardor manbalar quyidagilarni ma'lum qildi. Rossiya armiyasining katta yo‘qotishlari va urushning to‘rtinchi ...
21 september 2022
O‘zbekistondagi ko‘plab fermer xo‘jaliklari klasterlar paxta va boshoqli don xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnomalar nusxasini haligacha o‘zlariga bermayotganidan norozilik ...
13 may 2023
2022 yil  22 Iyul kun  o‘zbek shoiri va siësatchisi Muhammad Solihni  Turkiyaning Yolova shahridagi «Turk Dunyosi siyosatchilari uchrashuvi» nomi ...
10 may 2018
Eramizdan oldingi VI-V asrlarda yashab o‘tgan, «Dao De Tszin» asarini yozgan qadimgi xitoy faylasufi Lao Tszi so‘zlari 9 mayni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...