Asosiy mavzular
21 may 2017

O‘zbek qizini turk jazmani o‘ldirib jasadini musorga tashladi

Turkiyaning Istanbul shahri Fotih tumani Qumqopi mahallasida 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi Dildora Inomovani o‘ldirib jasadini musorga tashlagan muhtamal qotil hibsga olindi.

Turkiyadagi Hurriet gazetasining ëzishicha, tergov paytida 28 yashar Yilmaz Ëvuzarslon o‘z o‘ynashi Dildora Inomovani o‘ldirganini bo‘yniga oldi. (Suratda: Y.Yovuzarslonni qo‘lga olish payti, Hurriet)

4 farzandning otasi bo‘lgan Yilmaz Ëvuzarslon yashirin sevgi munosabatlari fosh bo‘lmasligi uchun Dildorani o‘ldirganligini sabab o‘laroq ko‘rsatgan.

Dildora Inomova

Tergov hujjatlariga asoslangan mahalliy turk matbuotining ëzishicha, O‘zbekiston vatandoshi Dildora Inomova bir necha yildan beri Yilmaz Ëvuzarslonning o‘ynashi bo‘lgan.

Jinoyat yuz bergan kuni o‘zbekistonlik ayol, birgalikda tushgan rasmlarini xotiniga yuborishini aytib, o‘ynashiga tahdid qilgan. Ikki o‘rtadagi janjal jinoyat bilan tugagan.

Jomadondagi jasad

Dildora Inomovaning jasadi bir necha kun avval axlat konteynerida, chamadonga solingan holda topilgan edi. Kuzatuv kameralari tasvirlarini tekshirgan turk politsiyasi besh kundan keyin qotillikda gumon qilingan shaxsni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Turk matbuotining ëzishicha, Yilmaz Ëvuzarslon avvaliga Inomovani kaltaklagan, keyin oshxonadan oshpichoq olib chiqib, to‘rt marta pichoqlagan.

Dildoraning joni uzilmaganligini ko‘rgan ma'shuq uni to o‘lgunicha bo‘g‘ib turgan. O‘lganidan keyin qo‘l-oyoqlarini bog‘lab xaltaga solgan. Xaltani esa chamadonga solgan ko‘chadagi ahlat qutisiga tashlagan.

Turk politsiyasi o‘z tasarrufida, Yilmaz Ëvuzarsloning chamadonni yelkasida ko‘tarib kelib musor konteyneriga tashlagani aks etgan videotasvirlar borligini matbuotga bildirgan.

Qotillik yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 november 2019
Kecha Lolaning klipidan so‘ng qo‘shtirnoq ichidagi «ma'naviyat» yana dolzarb mavzuga aylandi. Ko‘pchilik Lolaning «isyon»ini olqishlagan bo‘lsa, ma'naviyatchi va radikallar, ...
13 february 2019
Hukumat tili bilan tadbirkorlik rivoji uchun turli imtiyozlar va yengilliklar berilayotganini ovoza qilayotgan bir paytda qo‘li bilan ishbilarmonlarning bo‘g‘zidan ...
30 june 2017
O‘zbekiston banklari joriy yilda ajratishni mo‘ljallagan kredit resurslarining tubi ko‘rinib qoldi. Shuning uchun mazkur moliya muassasalari prezidentning tadbirkorlikni rivojlantirishga ...
30 march 2019
Toshkent aeroporti bojxonasida kitoblari va telefoni olib qo‘yilgan o‘zbekistonlik shoir, xorazmlik 56 yoshli Mahmud Rajab 30 mart kuni unga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...