Asosiy mavzular
21 july 2017

Terrorchiga ërdam berganlikda gumonlangan o‘zbek Daniyada qo‘lga olindi

Joriy yil boshida Turkiyadagi Reina tungi klubiga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan Abduqodir Masharipovga ko‘mak berganlikda gumonlangan 42 yosh, Ibrohimjon Asqarov(ba'zi nashrlarda İbrahimjon Asparov) Turkiya talabiga ko‘ra, Daniyaning Vayle (Vejle) shahrida qo‘lga olindi.

Kuzey.dk nashriga ko‘ra, O‘zbekiston hamda Daniya vatandoshi Ibrohimjon Asqarov ilk etapda 4 haftaga hibs qilingan.

Istanbuldagi Reina tungi klubini 2017 yilning ilk soatida qonga botirgan va IShID jangarisi sifatida qamoqqa olingan Abduqodir Masharipovga qurol bergan “Daniyalik Ibrohim” kod ismi bo‘lgan va terror tarmog‘i a'zosi deya gumonlangan Ibrohimjon Asqarov oldinroq Daniyada qo‘lga olinib, qo‘yib yuborilgan edi.

Ibrohimjon Asqarov Andijondan. Turkiya ekstraditsion talabida aytilishicha, Daniyada 2008 yilda boshpana olgan. Ruminiya orqali 2005 da Daniyaga kelgan qarindoshlarioga qo‘shilgan. O‘zbekiston vatandoshi. Hali Daniya pasportini olmagan.

Turk nashrlarining tergov hujjatlariga tayanib ëzishicha, Ibrohimjon Asqarov terror amali yuz bergan paytda Istanbulda bo‘lgan va voqeadan so‘ng, Daniyaga qochib kelgan.

Daniya nashrlarining ëzishiga ko‘ra, iyun oyida Daniya milliy xavfsizlik idorasi PET Ibrohimjon Asqarov borasida surishtiruv o‘tkazgan.

Surishtiruv asnosida, yetarli isbotlar bo‘lmagani bois Asqarov ochiqda qolgan. Ammo iyul oyiga kelib, rasmiy Anqara Asqarov borasidagi batafsil hujjatlarni Daniyaga jo‘natgani ortidan Asqarov sudga tortilgan.

Sharqiy-janubiy Yutland (Jutland) politsiyasi ayblovchisi Dorshe Moller Andersen (Dorthe Möller Andersen) mahkama jaraënida so‘z olib “Asqarov joriy yil Reina tungi klubiga qarshi uyushtirilgan terror hujumiga aloqadorlikda ayblanib, Turkiya talabiga ko‘ra qo‘lga olinganligini “ urg‘uladi.

Asqarov terror hujumida qo‘llanilgan qurol-yarog‘larni Masharipovga berganlikda ayblanmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 june 2018
Turkiyada 24 iyun kuni prezident saylovi o‘tadi. Unda prezidentlikka iqtidordagi Erdo‘g‘ondan tashqari Jumhuriyat xalq partiyasi (JXP)dan Muharram Inja va ...
26 march 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi ayni ...
7 april 2020
Taniqli hofiz Rustam Hojimamedov Samarqandiy 6 aprel kuni AQShning Nyu-York shahrida koronavirusdan o‘lgani haqida yaqinlari ma'lum qildi. «Qurbon o‘lam» ...
20 october 2023
Dunëda eng qimmat narsa – bu odamga bo‘lgan ishonch krediti. Bankdan qarz olmoqchi bo‘lsangiz sizni tekshirib taftish qilishadi, muammoli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...