Asosiy mavzular
20 september 2017

Farg‘ona Oliy o‘quv yurtlarida paxta terimi bois o‘qish to‘xtatildi

19 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatidagi Oliy o‘quv yurti talabalariga paxta terimi munosabati bilan o‘qish to‘xtatilgani bildirilib, tushlikda uylariga ketishga ruxsat berildi.

20 sentyabr ertalabdan viloyatdagi barcha oliy o‘quv yurti talabalari paxta terimiga jo‘nab ketishi ma'lum qilindi.

Paxta teradigan etak ham terimchi hisobidan

«Eltuz» muxbiri suhbatlashgan yana bir talaba viloyat markazidan uzoqda yashashini bildiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra ertalab o‘qishga kelishganida bu gap yo‘q edi. Ikkinchi paradan chiqishganidan so‘ng guruh raxbari kirib, «Hozir hamma uy-uyiga ketaversin, ertaga soat 7 dan kechikmasdan paxtaga ketadigan bo‘lib kelinglar!», degan.

«Vaqtdan yutish uchun yo‘ldayoq ayamga telefon qildim. Ayam Qo‘qon buyum bozoriga borib turdilar. Birgalashib bozor qildik. Bo‘z matosining bir metri 3-3,5 ming so‘m. Etak qilib tikilgani 5-5,5 ming so‘mdan sotilayapti. Uyda tikuv mashinamiz bor. O‘zimiz tikib olaveramiz, degan niyatda bo‘z oldik» deydi u.

Ko‘rpa-to‘shak bilan kelish aytilgan

Qo‘qon pedagogika instituti talabalariga ham 20 sentyabrdan paxtaga chiqish buyurildi.

Institut raxbarlaridan birining «Eltuz» muxbiriga bildirishicha, talabalarga ertalab soat 6.30da institut binosi oldiga kelish aytilgan.

«Talabalar o‘zlari bilan karavot, ko‘rpa-to‘shak, idish-tovoq olishlari kerak», dedi u.

Paxtadan qolish narxi 250 dollar

Talabalardan biri «Eltuz» muxbtiriga, 250 dollar evaziga paxtadan qolish mumkinligini bildirdi.

«Ammo oilamiz sharoiti 250 dollar berishni ko‘tarmaydi. Opam, men, singlim talaba. Men va opam kontraktda o‘qiymiz. Dadam davlat ishida ishlaydi, undan tashqari dehqonchilik ham qilishadi. Shuning uchun paxtaga borishga majburman», deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, opas va singlisi ham ertaga paxtaga jo‘nab ketishadi. Uch opa singilning paxtaga tayyorlanishlari uchun 100 dollardan oshiqroq mablag‘ ketgan.

«Hatto quruq choygacha oldik. Sababi paxta paytida ba'zan quruq choy yo‘qligi uchun oddiy qaynagan suv ichishga ham majbur bo‘lib qolamiz» dedi u.

Qo‘qon pedagogika instituti talabalari viloyatning Furqat va Dang‘ara tumanlarida paxta terishadi.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 november 2020
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari haq talab qilgani (hujjatlarda – “jamoat tartibini buzgani”) uchun uch kunlik ma'muriy hibsga ...
30 january 2019
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi raisi va bosh vazir o‘rinbosari ...
30 may 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
3 april 2017
Rossiya millionlab o‘zbek muhojirlarining ikkinchi uyiga aylandi. Ular yillar davomida shu mamlakatda ishlashmoqda va yashashmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi bahslarga ko‘z ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...