Catira
9 october 2017

To‘rttasi kirdi, to‘rttasi chiqdi…

Jurnalist Bobomurod Abdullaning qamoqqa olinishi ortidan, o‘zbek hukumati uzoq muddat qamoqda saqlangan bir nechta huquq faollarini ozod qildi.

7 oktyabr kuni «Mazlum» inson huquqlari tashkilotining sobiq rahbari 66 yashar A'zam Turg‘unov turmadan chiqarildi. U kasb faoliyati sabab 2008 yili 10 yilga qamalgan edi.

4 oktyabr kuni, 2008 yili mashinasiga giyohvand modda tashlanib 9 yilga qamalgan, 67 yoshli jurnalist Solijon Abdurahmonov ozod etildi;

3 oktyabr kuni esa, o‘n yildan ortiq hibsda saqlangan inson huquqlari faoli 38 yashar A'zam Farmonov qamoqdan qamoqdan chiqdi.

27 sentyabr kuni o‘g‘irlab ketilgan jurnalist Bobomurod Abdulla «Usmon Haqnazar» tahallusi ostida «amaldagi tuzumni o‘zgartirishga chaqiruvchi» maqolalar yozish va «hokimiyatni ag‘darishga urinish»da ayblanmoqda.

Bu haqdagi 1 oktyabrda chiqarilgan sud ajrimi «Eltuz» nashriga 5 oktyabrda kelib tushdi.

Ajrimga ko‘ra, jurnalist Bobomurod Abdullaev bilan birga yana ikki nafar shaxs, Salaev Ravshanbek va Olloyorov Shavkatjonlar ham hibsda qolmoqda.

Bundan ilgari, 27 sentyabr kuni Toshkent aeroportida qo‘lga olingan yozuvchi Nurilla Otaxonovga nisbatan ham «Bu kunlar» kitobi uchan 159-modda bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan edi.

Kuzatuvchilarning fikricha, huquq faollarining ozod etilishi, hukumatning jurnalist Abdullaev hibsga olinganidan so‘ng paydo bo‘lgan umumiy fonni yaxshilash istagi bilan bog‘liq.

«Ular (ozod qilingan faollar) Bobomuroddan minnatdor bo‘lishlari kerak» deb yozdi Londonda yashovchi tahlilchi Alisher Ilhomov o‘zining Feysbuk sahifasida.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 december 2020
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilovning prezident Shavkat Mirziyoevga yo‘llagan videomurojaati tarqaldi. Prokuror bir soatdan oshiqroq vaqt davom etgan murojaatida o‘ziga ...
11 june 2016
Garchi bu ish to‘g‘risida matbuotda kam gapirilgan bo‘lsa-da, 2013 yil oxirida xalqaro arbitraj sud Karimov hukumatidagi korruptsiya to‘g‘risida kutilmagan ...
9 december 2019
Majburiy mehnat byurosining Pastdarg‘om tumani bo‘limi boshlig‘i Ilhom Hamdamovning 7 dekabr kuni o‘z vazifasidan ozod etilishini mamlakatdagi hokimiyat tanazzulining ...
1 january 2025
Putin Grozniyda raketa hujumiga uchragan Ozarbayjon uchog‘i halokati uchun kechirim so‘radi.  Isroil vaziri Benyamin Nitanyaxo‘ jarrohlik koykasiga yotqizildi. Rus ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...