Document UZ
6 march 2018

Sobiq Bosh prokurorning o‘g‘li qidiruvga berildi

Ustidan Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 22 fevraldan beri hibsda qolaëtgan sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirovning o‘g‘li 39 yoshli Alisher Qodirov O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvga berildi.

Qidiruv e'lonida Alisher Qodirov Jinoyat kodeksining 165 (tovlamachilik) va 168-moddasida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib qochib yurganligi aytiladi.

«Eltuz» muxbiri bilan gaplashgan Bosh prokuratura rasmiylardan biriga ko‘ra, Alisher Qodirov shu kunlarda Moskva shahrida istiqomat qilmoqda. U Bosh prokuratura talabi asosida otasi o‘g‘irlagan pullardan bir qismini Toshkentdagi «Infinbank» vositachiligida O‘zbekistonga qaytargan. Mulozimga ko‘ra, Alisher Qodirov qaytargan summa 20 million dollar atrofida.

«Eltuz» suhbatlashgan prokuratura rasmiysiga ko‘ra, sobiq prokuror Rashid Qodirov oilasi O‘zbekistondagi yashirin boylardan bo‘lgan. Dunëning o‘ndan ortiq mamlakatida Rashid Qodirov oilasiga tegishli mol-mulk bor.

«Eltuz» Rashid Qodirov mulki deb ishonilgan Latviyadagi ikkita villaning fotosuratini chop qilgan edi.

Shuningdek, Qodirovning Shveytsariya, Avstriya va Chexiyada ko‘chmas mulklari mavjud.

«Eltuz» muxbiri Qodirovlar oilasiga oid uylar haqida ma'lumot mavjud bo‘lgan Latviya ko‘chmas mulk reestrlariga doir hujjatlarni ko‘rgan.

Rashid Qodirovning qidiruvga berilgan o‘g‘li Alisher Qodirov va kuëvi Temur Karimov juda katta pul mablag‘larini o‘g‘irlaganiga oid ma'lumotlar «Eltuz»da mavjud.

«Eltuz» tasarrufidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumanida faoliyat yuritayotgan va bir martalik shpritslar hamda boshqa dori-darmonlar ishlab chiqaradigan “Asia Trade” shirkati muassisi hozir qamoqda qolaëtgan Rashid Qodirovning qidiruvga berilgan o‘g‘li Alisher Qodirovdir.

Rashid Qodirov va uning o‘g‘li Alisher Qodirov “kriminal akaxonlar” G‘afur Rahimov hamda Salim Abduvaliev bilan ham yaqin aloqada bo‘lgan.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Qodirov joriy yil 23 fevral kuni hibsga olingan bo‘lib, sobiq Bosh prokuror Jinoyat kodeksining «tovlamachilik» (165-moddasi), «hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish» (205-modda) va «pora olish» (210-modda) moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 august 2020
Mirziyoev boshqaruvida tashqi siyosatda, bir tomondan, Rossiya va uning geosiyosati bilan bog‘liq munosabatlardagi milliy manfaatlar borasida ko‘pchilik noroziligiga sabab ...
10 september 2018
Jamoatchilik bosimi nima degani? Buni mashhur rus rassomi Vyacheslav Zaytsev aytib bergan edi. Zaytsev kichkinaligida barcha sovet bolalari qora ...
21 january 2026
Xalqaro quchoqlashish kuni (International Hug Day) — bu shunchaki ramziy bayram emas, balki inson salomatligi va ruhiyatiga ijobiy ta'sir ...
25 march 2022
Mamlakat mustaqilligi, erk va ozodlik tuyg‘usi ozgina bo‘lsa ham ichida borlar bilan suhbat quraëtganimga ishonaman. Ular balki ming, balki ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...