Document UZ
5 april 2018

Samarqandlik haydovchilar ikki martadan jarima to‘lashga majbur bo‘lishmoqda

Haydovchilik kamarini taqmaganlik uchun jarima to‘lab bo‘lgan haydovchilardan olti oy o‘tib qaytadan jarima to‘lashlari talab qilinmoqda. Bu haqda «Eltuz» muxbiriga samarqandlik bir nechta haydovchi ma'lum qildi.

Ikki marta jarima to‘langani haqidagi «Eltuz»ga kelib tushgan ma'lumotnoma nusxasi

Majburiy ijro byurosi mas'ul xodimining bildirishicha, byuro shahar ichki ishlar idorasi tomonidan berilgan hujjatlarga asosan ijro harakatlarini olib bormoqda va bu kabi har qanday anglashmovchilik bo‘yicha Samarqand shahri YHXB mas'uldir.

To‘lov kvitantsiyalarini yo‘qotgan haydovchilar qaytadan 29 950,00 so‘m to‘lashga majbur bo‘lishmoqda. Kvitantsiyani saqlab qolganlar esa avval shahar YHXBga xizmat ko‘rsatuvchi bankdan, keyin shahar IIB YHXBning o‘zidan ma'lumotnomalar olib, MIBga takdim etishlari shart.

Samarqand shahri YHXBga xizmat ko‘rsatuvchi «Orient finans bank» Samarqand filiali to‘lovlarni tasdiqlash bo‘yicha mas'ulining «Eltuz» muxbiriga ma'lum qilishicha, oxirgi paytlarda oldin to‘langan jarimalar bo‘yicha ma'lumotnoma olish uchun har kuni bir necha haydovchi murojaat etmoqda.

Yuzaga kelgan holatni Samarqand shahri YHXB mas'ul xodimi ham tasdiqladi, lekin holat sabablari bo‘yicha asosli tushuntirish olishning imkoni bo‘lmadi.

Qonun bo‘yicha 60 kundan so‘ng davlat ijrochisiga berilishi belgilangan ijro hujjatlari nima uchun 180 kundan keyin berilganligi ham noma'lum.

O‘zbekistonda haydovchilarning ikkinchi marta qaytadan jarima to‘lashga majbur bo‘layotganligi holati oldin kuzatilmagan edi.

«Eltuz» nashri samarqandlik haydovchilarning ikki martadan jarima to‘lashga majbur bo‘layotganligi bo‘yicha IIVning rasmiy munosabatini kutib qoladi.

Umid Erkin
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2015
“Sen qaysi lagerdansan – amerikaningmi yoki rossiyaning?” – deya menga savol berishadi, deydi Qudrat Bobojonov, odamlarning Ukraina va ayniqsa ...
10 may 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov klasterlar tizimi mamlakat qishloq xo‘jaligi ...
15 december 2020
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida MFY amaldorlari tarozi ko‘tarib, odamlar vaznini o‘lchab yuribdi. Haddan oshiq semizlar esa maxsus daftarga xatlanmoqda. Kelajakda ...
4 december 2025
(hajviya) Boylar “Kambag‘allik qursin, qachongacha tomi yo‘q moshinu, dunyoni boshqaradigan telefon ishlataman” deb noliyotgan zamonda, peshtaxtaga “haydovchi, oq yo‘l” ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...