• Foto: Murodilla Eshmatov, Bank axborot xizmati
Asosiy mavzular
17 february 2020

“Mikrokreditbank” cobiq rahbari Eshmatov pora olishda ayblanib tergov qilinmoqda

Joriy yilning 7 fevralida “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisligiga Orif Bo‘taev tayinlandi.

Undan oldingi rahbar Murodilla Eshmatov joriy yilning 17 yanvarida ishdan olingan va 20 yanvarda esa qator iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib DXX tarafidan hibsga olingani ma'lum bo‘ldi.

Bu haqda “Eltuz” muxbiriga O‘zbekiston moliya tizimida ishlovchi yuqori lavozimdagi rahbar 15 fevral kuni aytib berdi.

“Eltuz” muxbiri ayblov hujjatlarini nashr qilmaslik sharti bilan ko‘rib chiqdi.

Bu hujjatlarga ko‘ra, 51 yoshli Murodilla Eshmatov Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat va mansab vakolatini suiiste'mol qilish), 210-moddasi (pora olish) va 211-moddasi (pora berish)da va katta miqdordagi davlat mablag‘larini jinoiy yo‘l bilan o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

2019 yilning 26 oktyabridan to 2020 yilning 17 yanvarigacha “Mikrokreditbank“ aktsiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Murodilla Eshmatov 80 million AQSh dollari miqdoridagi pulni “jinoiy o‘zlashtirish maqsadida” Kiprdagi bank hisobiga o‘tkazishda gumonlanmoqda.

(Qaysi shirkat va yana O‘zbekistondagi qaysi mulozim va tujjorlar bu ishga aralashgani haqida “Eltuz”da qo‘shimcha ma'lumotlar bor).

Shuningdek, “Eltuz” tanishgan hujjatlarda aynan Eshmatov buyrug‘i bilan Toshkent shahrida 450 milliard so‘m “jinoiy maqsad bilan” naqdlashtirilgani ta'kidlanadi.

“Mikrokreditbank“ boshqaruvi raisligidan joriy yilning 17 yanvarida bo‘shatilgani ortidan Murodilla Eshmatov mamlakatdan qochishga urinib, 3 kun mobaynida bekinib yurgan. 

Uning haydovchisi hibsga olinib so‘roq qilingandan so‘ng Eshmatovning bekingan joyi aniqlangan. 

“Eltuz” suhbatlashgan mulozim ko‘rsatgan hujjatlarda 20 yanvar kuni Murodilla Eshmatov DXXning tezkor guruhi tarfidan qo‘lga olingani aytiladi. 

Eshmatov avvaliga O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yerto‘lasida joylashgan tergov izolyatorida so‘roq qilinadi. 

“Eltuz” bilan aloqaga chiqqan IIV xodimi esa Eshmatovning shu kunda xalq orasida “Zarafshon” deb aytiladigan DXX tergov izolyatoriga olib ketilganligini aytdi.

Tergov tafsilotlaridan xabardor IIV xodimining bildirishicha, avvaliga Eshmatovga nisbatan so‘roq paytida qiynoq qo‘llangan. Uning boshiga protivogaz kiydirishgan. Eshmatovning boshi kattaligi bois bitta protivogaz yirtilib ham ketgan. 

Mulozim iddaosicha, keyingi kunlarda Eshmatov tergov bilan hamkorlik qilgani bois qiynoq va ëmon munosabat to‘xtatilgan.

Ochilgan jinoyat ish doirasida Eshmatovning O‘zbekistondagi butun mol-mulki xatlangan.

“Eltuz” tanishgan hujjatda Eshmatov tarafidan 2019 yil “Mikrokreditbank” rahbari bo‘lgan bir necha oy mobaynida Toshkent shahrining turli qismlarida 7 ta yangi qurilgan qimmat hovli-uy sotib olingani aks etadi.

Toshkent shahrining Lunacharskiy mavzesida Eshmatov sotib olgan uchta hovlining bozor narxi 1 million sakkiz yuz ming AQSh dollari, Do‘mbirobod mavzesidagi ikkita hovlining taxminiy bozor narxi 500 ming AQSh dollarida. 

Ayni narxdagi yana ikki hovli esa Toshkendagi Qishloq xo‘jaligi instituti ënidagi mahalladan sotib olingan.

Shuningdek, Eshmatovga oidligi aytilgan ko‘p miqdordagi valyuta qimmatliklari, lyuks avtomobillar va oltin ëmbilar ham jinoyat ishi doirasida xatlangan.

Eshmatov ustidan jinoyat ish ochilgani haqidagi xabarni “Eltuz” nashri bir-biridan mustaqil amaldorlardan tasdiqlatib oldi. 

Ayblanuvchi sifatida hibsda qolaëtgan Murodilla Eshmatov 1969 yilda Qashqadarëda tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1994 yilda esa Istanbul universitetini tugatgan. 1995 yildan boshlab O‘zbekiston bank tizimlarida ishlab keladi.

2019 yilning 26 oktyabridan to 2020 yilning 17 yanvarigacha “Mikrokreditbank“ boshqaruvi raisi vazifasida ishlagan.

2019 yil dekabrda Eshmatov Germaniyaga borib, O‘zbekistondagi yirik va kichik biznes sub'ektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish maqsadida “ODDO BHF” banki bilan ikki tomonlama biznes korporatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolagan edi.

2019 yilning aprel oyida hukumat qaroriga muvofiq, Eshmatov Xalq banki boshqaruvi raisi etib tayinlangandi. Bundan oldin u Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eltuz

Tag‘in o‘qing
23 october 2023
22 oktyabr kuni Uzbek forum rahbari Umida Niëzovaning onasi Sojida Jalolova 78 ëshida  olamdan o‘tdi. Marhuma Sojida Jamolova Sharqiy ...
13 november 2023
Yana o‘sha eski tirmog‘ichga qoqilish. Markaziy bank milliy valyuta konvertatsiyasini cheklash bo‘yicha yangi takliflar bilan chiqdi. Ushbu tashabbusning O‘zbekistonga ...
3 october 2017
3 oktyabr kuni, o‘n yildan ortiq hibsda saqlangan sobiq inson huquqlari faoli 38 yashar A'zam Farmonov qamoqdan ozod etildi. ...
3 december 2018
“O‘z gazingni o‘zgaga berib, tappi yoqqan o‘zbegim”, deya sovet davrini yomonlagan xalqimiz o‘zining zamonaviy tarixida ham gazga yolchimayapti. O‘zbekistonda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...