Ko‘zqarash
21 march 2020

Biz sizdan davo topdik…

Keyingi 6 oy davomida biz ularni urdik, kaltaklab mayib qildik. Bonusiga poraxo‘rsan, ta'magirsan, dedik. Mashina glushiteli teshilganida ustaga shartta 200 dollar chiqarib beradigan krutoy boy odammiz. Ammo medsestra ukol qilganiga 5 ming so‘m olsa, chetga chiqib uning onasidan so‘kdik.

«Biz sizdan davo topdik, mehribon shifokorlar», deb qo‘shiq kuyladik. Ammo 8 yil o‘qigan odamga tuzukroq maosh tayin qila olmadik.

Harf tanimaydigan prokuror million dollarlik qasrlar sotib olib yashayapti. Doktorlar esa oq xalatini yuvish uchun kir mashina sotib olsa, taraddudlanib cho‘ntak kavlaydi.

Bugun ular uxlamay bizning dardimizga davo izlamoqda. Uch kundan beri uyiga bormagan doktorlar bor.

Aziz doktorlar. Shifokor va hamshiralarim. Novvot va shiralarim. Bratlarim. Medbratlarim. Sizga tasanno va ta'zim. Siz bugun Luqmonsiz, Hakimsiz, Ibn Sinosiz, Gippokratsiz, Doktor Aybolitsiz.

Sizni beqadr qilganimiz uchun ular nomidan uzr so‘rayman.

Italiyadagi to‘rtta hamshira pitstsa buyurtirganida pitstsachi pulini olmadi.

Kassa qog‘oziga «sizga rahmat», deb ëzib berishdi.

Kulfatdan saboq chiqarib shifokor qadriga yetgan itoliënlardir.

Koshki, bozorda meva sotaëtgan o‘zbek tujjor ham xarajat qilaëtgan doktordan bir safar pul olmasa, deb orzu qilaman.

Ammo osmon uzilib tushsa ham bunday bo‘lmaydi. Non bergan odamning qo‘lini, yo‘l ko‘rsatgan odamning oëg‘ini sindirib o‘rganib qolganmiz.

Ammo na esa…

Men sizdan davo topdim, mehribon shifokorlar. Sizga sharaf, sizga shon – zamonamiz Ibn Sinolari.

(Foto: O‘zbekistonlik mediklarning feysbukdagi fleshmobidan)

(c) Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
30 may 2019
Lotin alifbosiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida nega jimsiz deb so‘rashyapti. Umuman, oxirgi paytlar til mavzusini to‘xtatib turaman. Tillarga, shu jumladan, ...
11 january 2021
Taniqli shoir Bahrom Ro‘zimuhammad 60 yoshda Bahrom aka indamaygina oltmishga kiribdi. Botinan qaralganda, unday emas. Bahrom aka indamaygina oltmishga ...
24 december 2018
Bosh vazir Abdulla Aripov 23 dekabr kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi yig‘ilishida Toshkentdagi barcha eski uylar buzilib, o‘rniga yangilari qurilishi haqida ...
12 july 2016
Farg‘onada odamlar SES xodimlarining hojatxona va molxonalarni tozaligi baxona aholidan go‘ng talab qilishayotganidan norozi. Ular buni go‘ngdan uylarnni isitish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...