Asosiy mavzular
9 september 2020

Tuman hokimi murojaatchi muallimani “jinni”ga chiqardi

Andijon viloyatining Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov tuman selektorida uy so‘rab joniga tekkan bir muallima ayolni jinni deb haqorat qilgan va maktab direktoriga ayolni ishdan olishni buyurgan. Bu haqda yig‘ilishda bo‘lgan ishtirokchilardan biri ma'lum qilgan.

Selektor yig‘ilishida ishtirok etgan o‘qituvchining “Eltuz”ga aytishicha, muallima arzon uy-joylar masalasida yordam so‘rab hokimlikka 4 yildan buyon murojaat qilib keladi.

“Hokimimiz juda “nervinniy” (asabiy). U kurashuvchan, hadeb kelaveradigan shikoyatchilarni yomon ko‘radi. Asablari qo‘zib ketadi. Ayniqsa, uy so‘rab murojaat qilganlar unga to‘ng‘izday ko‘rinadi”, deydi manba.

Bu Izboskan hokimi bilan bog‘liq birinchi holat emas. O‘tgan yili Paytug‘ shahridan bo‘lgan bir nogiron ayol ham hokimlikka uy so‘rab murojaat qilgan.

Murojaatlari besamar ketgan ayol tumanga jurnalistlarni chaqirib kelgan. O‘shanda Serobiddin Ismoilov bu ayolga bahorda uy qurib berishni va'da qilgan.

Va'da bajarilmagach, qayta-qayta boravergan ayolni Ismoilov uyatsiz gaplar bilan haqorat qilib haydagan. Hozir nogiron ayol buzilib ketay deb turgan xarobada ijarada yashamoqda.

“Bu o‘qituvchi esa ayol 30 yildan buyon maktabda dars beradi. Ruhiy xasta bo‘lsa, muallimlik qilarmidi? Haqoratga chidolmay yig‘lab yuribdi, qo‘shimchasiga ishdan haydalishdan qo‘rqyapti”, deydi yig‘ilishda ishtirok etgan o‘qituvchi.

Mustaqillik bayrami arafasida Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

So‘kong‘ich, tumanidan murojaat va muammolar arimaydigan Ismoilov qaysi “fidokorona” mehnatlari uchun bu medalga loyiq ko‘rilgani izboskanliklarni ajablantiryapti.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 october 2019
O‘zbekiston siësiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy haëti yangiliklarini ëritib kelaëtgan togri.uz sayti faoliyati 14 oktyabrda to‘xtatildi. Sayt muharriri Xurshid ...
1 may 2020
Yo ramazon aytib keldik eshigingizga, Qo‘chqorday o‘g‘il bersin beshigingizga, Qo‘chqorday o‘g‘il bersa beshigingizga, Kim kelib, kim ketmaydi eshigingizga. Aziz ...
9 april 2024
Eltuzning ishonchli manbasi xabar berishicha, Andijon shahar elektroset yuristi mansabini suiiste'mol qilib, 10 mln. so‘m pora olayotganida ushlandi. Manbaning ...
21 april 2020
Bosh prokuratura 6 apreldan boshlab vatandoshlardan o‘zlarining kundaliklarini yuritishlarini so‘radi. Demak, Absattorning kundaligini o‘qiymiz: «Men Absattor ertamatdan qo‘shnim Abjabbor ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...