Asosiy mavzular
14 may 2023

Rasman: G‘ijduvonda xotin kishini zo‘rlagan 3 kishi ushlangan

Buxoro viloyat IIB tarqatgan bildirgida jinoyat tafsiloti ham keltiriladi. Biroq tergovga xalaqit bermasligi uchun jurnalistlardan bu ma'lumotlarni oshkor etmaslik so‘raladi. 

Eslatib o‘tamiz, Eltuz nashri 12 may kuni, G‘ijduvonda ayolni sahroning ovloq joyiga olib borib avvaliga do‘pposlagan va so‘ngra nomusiga tajovuz qilgan to‘rt nafar yirtqichning videosini e'lon qilgan edi. Voqea 30 martda sodir bo‘lgan. Ichki ishlar idorasi video Eltuzda e'lon qilinganidan bir kun o‘tib 13 may kuni bu haqda xabar bermoqda.

Ushbu holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 2023 yilning 30 mart kuni soat taxminan 13:00 larda G‘ijduvon tumani «Sarmijon» mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan D.B. tanishi shu mahallada yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan S.G. ismli ayolni tumanning «Qoraxoni» mahallasi «Jilvon» cho‘l hududiga olib borib, uning erkiga zid ravishda jinsiy aloqada bo‘lib, o‘zi bilan birga borgan sherigi tomonidan holatni video tasvirga olib, ushbu video tasvir orqali uni o‘ziga qaram qilib, yonida bo‘lgan boshqa 3 nafar tanishlari bilan ham jinsiy aloqada bo‘lishga majbur qilgan. 

Ma'lumotda aytilishicha  holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 121-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish yuzasidan gumon qilinuvchi 3 nafar shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JPK. ning 221-moddasi tartibida ushlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma'lumot oxirida Buxoro IIB jurnalistlardan bu kabi ma'lumotlarni oshkor qilmasikni so‘ragan. (tergovga halaqit berarkan)

Ammo Buxoro IIBsi bu bilgini  13 may kuni chiqardi. Rasmiy ma'lumotda «dastlabki surishtiruv» haqida gap ketmoqda. Voqea esa 30 mart kuni sodir bo‘lgan. 12 mayda esa bu haqda Eltuz ma'lumot berdi. Agar OAV ma'lumot bermasa jinoyat ishi ochilarmidi? Agar bu jinoyatni oshkor qilgan  jurnalist“shaxsning sha'nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma'lumotlarni oshkor» qildi deya Jinoyat Kodeksining 141/3-moddasi bilan jinoyatchi deya javobgarlikka tortiladigan bo‘lsa ëpiq doira ëki chiqib bo‘lmas tupik yuzaga kelmaydimi? 42 kun oldin sodir bo‘lgan voqea haqida  OAVda chiqqanidan keyin  dastlabki surishtiruvni boshlab bu haqda ma'lum qilganlarga po‘pisa qilishdan oldin logika haqida ham o‘ylashsa bo‘lardi mirshablar.

Yana bir savol: Buxoro IIB tarqatgan ma'lumotda 3 kishi qamag‘da deyiladi. Ayni ma'lumotda bu qizni  «Sarmijon»lik tanishi «Jilvon» cho‘l hududiga olib borib, «uning erkiga zid ravishda jinsiy aloqada bo‘lib, o‘zi bilan birga borgan sherigi tomonidan holatni video tasvirga olib, ushbu video tasvir orqali uni o‘ziga qaram qilib, yonida bo‘lgan boshqa 3 nafar tanishlari bilan ham jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagani» aytilgan. Demak gruppovoy zo‘rlaganlar soni 4 kishi. Unda nega 3 kishi qamalgan?

Eltuz talabi: Bu jinoyat ishini Bosh prokuratura nazoratga olishi kerak. Eltuz voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etadi. Videoga layk bosishni, agar shu paytgacha kanalimizga obuna bo‘lmasdan tekin ko‘rayotgan bo‘lsangiz shu ekranning o‘ng tomoni, pastdagi burchakda aks etgan qo‘ng‘iroqcha va podpisatsya tugmachasini bosib obuna bo‘lishni unutmang.    

Tag‘in o‘qing
4 august 2018
Navoiy teatrining yaponlashtirilishi, aslida xiyobonlarning chopib yo‘q qilinishi, devoriy san'at asarlarini o‘chirib, ustiga fotooboy qoplash, tarixiy yodgorliklar o‘rni, shakli ...
23 may 2017
O‘zbekiston va Tojikiston orasida mina maydonlari zararsizlantirilmagan, vizali borish kelish bekor qilinmagan bo‘lsa ham, ikki davlat raxbarlarining Saudiya Arabistonida ...
7 april 2016
«Xalq so‘zi» gazetasi yaqin oylarda o‘tkazilishi mo‘ljallangan fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilarini saylash tadbiri Oliy Majlis Senatining jiddiy ...
31 january 2026
31 yanvar kuni tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Kievdagi Ikkinchi jahon urushi tarixiy muzeyida (xalq tilida «Muzey voynы») joylashgan sovet davriga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...