Kundalik
5 june 2025

«O‘ZBYeKISTON 24» TYeLYeKANALIDA KADRLAR TANAZZULI

«O‘zbekiston 24» telekanali bugungi kunda mamlakatning eng nufuzli axborot manbalari qatorida turadi. Ammo kanal ichki muhiti haqida haqiqatni aytish vaqti kelgandek. Ommaviy axborot vositasi sifatida jamoatchilik oldida mas'uliyatli bo‘lgan ushbu tuzilmada shunchaki axborot emas, balki shaxsiy ta'sir, guruhbozlik va manfaatlar to‘qnashuvi yetakchi o‘rinni egallab bormoqda.

Ayni paytda kanalni rasman Madamin Safarov boshqarayotgani qayd etilsa-da, aslida qarorlar Shunqor Choriev orqali qabul qilinayotgani aytilayapti. Kim efirga chiqadi, kimning matni o‘tadi, qaysi xodim syomkaga chiqadi — barchasi bir kishining xohish-istagiga bog‘liq. Safarov uning gapini inkor qilmaydi, u kimni yomon desa, shuning taqdiri kanalda hal bo‘ladi. Eng xavflisi – bu shaxsiy munosabatlar asosida professional kadrlarning chetlatilishi.

Axborot, viloyatlar, tahlil kabi muhim bo‘limlarga ham o‘zining odamlarini joylashtirib tashlagan. U yerda qanday material efirga chiqishi, qaysi viloyatdan necha marta ko‘rsatuv olib kelish mumkinligi ham yuqoridagi ta'sir doirasiga kiradi. Jurnalistning bilim va tajribasi emas, u kimga yaqin ekani muhimroq hisoblanadi.

Masalan, “Tahlilnoma” dasturi, bir paytlar jurnalistikada fikr va tahlil maskani bo‘lgan edi, hozirda esa amaliyotchilar va «xo‘p» deguvchilardan iborat bo‘lib qolgan. Tajribali kadrlar esa chetlatilgan, yoki o‘zlari chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Shu bois, dastur ahamiyati va nufuzi sezilarli darajada pasaygan.

Yangi kontentlar qanday tayyorlanayotgani ham tushunarsiz jarayonga aylangan. Matnlarni jurnalist emas, Shunqorga yaqin Davlatmurod Mo‘minov yozib beradi. Qaysi material qaysi soatda ketishini Shunqor nazorat qiladi. Kameralar, texnika vositalari ham «vallomatlar» istagan odamlar orqali taqsimlanadi. Agar tashabbus ko‘rsatsangiz — «kamera yo‘q», «ish yo‘q» deyiladi. Lekin o‘zlarining odamlari bemalol kamera bilan s'yomkaga chiqaveradi.

Kadrlar masalasi ham xavotirli. Kanalda ishlaydiganlar orasida “Shunqor istamasa, ertasiga ishdan bo‘shatishadi” degan umumiy qo‘rquv bor. Ba'zilarda “Safarov hajdan qaytsa, yana tozalash boshlanadi” degan xavotir hukm suradi. Bu jurnalistik muhit uchun umuman xos bo‘lmagan, repressiv bir muhitdir.

Shu vaziyatda jurnalistlar na ijod qilish, na tanqidiy fikr bildirish imkoniga ega. «O‘zbekiston 24» singari davlat telekanalida ichki muhit shunchaki ishchi munosabatlari emas, balki umummilliy axborot xavfsizligi va jamoatchilik ishonchi bilan chambarchas bog‘liq. Bu yerda har bir kadr tanlovi, har bir efirga chiqqan material izchil o‘rganilishi kerak.

Hozirgi tizimda esa axborot uchun javobgarlik emas, shaxsiy gap ustuvor. Bu kanalni sifatsiz kontent va eng yomoni — kasbiy halokat sari boshlamoqda.

Televideniedagi mas'ul shaxslardan adolat va kasbiylik mezonlariga asoslangan, shaffof boshqaruv tizimi joriy etilish talab qilinadi. Ishga tayinlanayotgan shaxslar Shunqor yoki Safarovning «odami» emas, malakali va mustaqil kadrlar bo‘lishi kerak.

Bu nafaqat bir telekanal, balki butun mamlakat axborot siyosati uchun sinovdir.

Tag‘in o‘qing
14 august 2018
Bugun eltuz.com satirasida rassom Tuz qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi yashirin tunneldan o‘tishga majbur bo‘layotgan kelinlar muammosini aks ettiradi. Ota-onasini ko‘rish uchun ...
20 may 2024
26-may – Tilak Jo‘rani xotirlash kuniga atab… Tillaniso Maktabda o‘qib yurganimda tanlovga qatnashdim. «Zulfiya» ning tuman yo viloyat bosqichi ...
18 august 2020
«Men barmoqlarim ko‘karguniga qadar hokimiyatga osilib o‘tirmayman» degan edi jurnalistlarga Belarus prezidenti 2019 yilning noyabrida. Biroq bugun butun mamlakat bo‘ylab Lukashenko ...
21 september 2017
Bo‘lmadi. Ko‘pchilik ziyolilarning kutgani bo‘lmadi. O‘zini 26 yildan buyon mustaqil deb biladigan, ko‘ksiga urib bu bilan g‘ururlanadigan davlatning rahbari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...