Asosiy mavzular
11 june 2025

ChILONZORDA SARTAROSh YIGITGA ShILQIMLIK QILGAN ERKAK QAMALDI

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 33 yoshli sartarosh yigitga shilqimlik qilgan 41 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi.

2 iyun kuni soat 20.00 larda mijoz sartaroshga telefon orqali qabuliga yozdirib borishini aytadi. Aytilgan vaqtda keladi va boshqa mijozlarning ketishini poylaydi. Sartarosh bo‘shab unga navbat keladi. Mijoz soqolini kaltalata turib, sartaroshning dastlab soqolini siylaydi, so‘ngra jinsiy a'zosini ushlab, quchoqlamoqchi bo‘ladi.

Sartarosh qarshilik qilgan bo‘lsa ham mijoz uni mahkam quchoqlab olgan. Sartarosh mijozni tepib undan uzoqlashgan. So‘ng mijoz uni haqorat qilgan. “Hammaga berasan, menga bermaysanmi”, deb…

Sartarosh orada hojatxonani bahona qilib “102” ga telefon qiladi. “Hojatxona”dan chiqqan sartaroshga mijoz yana tashlanadi. Ko‘p o‘tmasdan IIB xodimlari voqea joyiga yetib keladi. Holatni to‘liq shikoyat daftariga qayd etgan.

Chilonzor tuman ma'muriy sudida 6 iyun kuni ushbu holat ko‘rib chiqildi. Sudda asli Samarqandlik bo‘lgan 41 yoshli erkak aybiga iqror bo‘ldi. Sartarosh so‘ragan 10 million so‘m ma'naviy zarar undirib berildi. Sud unga 15 kunga qamash jazosini tayinladi.

Shilqim qamag‘da. Sartarosh o‘n million so‘mga boyidi.

Tag‘in o‘qing
22 march 2017
Yil boshida Istanbulning Reina tungi klubidagi qirg‘in va o‘tgan yilning ëzida o‘zbek vatandoshidan 1 million 900 ming dollar pulning ...
8 february 2016
Elsevar o‘zining yangi hajviy suratini Toshkentning «qizil chiroq»lariga bag‘ishlaydi. Rassom Elsevar Eltuz.com
12 november 2015
Pahlavon Sodiq Bi bi si 1999 yil kuzida Oliy Sudda Toshkent portlashlari yuzasidan sud majlislaridan biriga Murod Jo‘raevni qo‘llarida ...
23 july 2017
Bundan yuz yil burun Turkistonda ro‘y bergan bu voqea mintaqaning bo‘lingan mamlakatlarida bugun turlicha talqin etiladi. Asli Toshkentda boshlangan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...