Asosiy mavzular
1 august 2025

ROTATsIYaMI YoKI IChKI KURASh?

(Ichki ishlar tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar ortida nima yotibdi?)

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida kuzatilayotgan kadrlar almashinuvi — rasman “rotatsiya” deb ta'riflangan bo‘lsa-da, bu jarayon ortida soha ichidagi klanlararo kurash alomatlari ko‘rinmoqda. Jumladan, Toshkent shahar tergov boshqarmasi rahbari Abduvosit Abdurazzoqov shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. Uning o‘rnida bo‘lgan Tohir Oripov esa Samarqandga yuborildi.

Bu almashinuvlar oddiy ma'muriy qarorlarga o‘xshab ko‘rinsa-da, chuqurroq tahlil va manbalar guvohligiga tayangan holda, bu jarayon kuch tuzilmalari ichidagi yirik tuzilmalar va ularning ta'sir kurashi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatmoqda.

Ichki tizimdagi jinoiy elementlar

Eltuz so‘nggi bir necha hafta mobaynida huquq-tartibot tizimi ichidagi tizimli muammolar va maxfiy kurashlar haqida hujjatlar, qamoqdagi manbalar bayonotlari hamda ichki muloqotlarga asoslangan tahqiqot olib bordi. 

Unda aniqlanishicha, Toshkent shahar prokuraturasi va unga bog‘liq sud hamda IIB organlari uzoq yillar davomida “reshala” usulidagi, ya'ni noqonuniy kelishuv va shartnomalar orqali jinoyat ishlarini boshqarib kelgan.

Ushbu tuzilmaning markazida sobiq shahar prokurori Erkin Yuldoshev, uning birinchi o‘rinbosari Ikrom Narimov va ularning yaqin hamkorlari — Sheranov Bahodir, Ataev Huseyn, Sardor Sodiqov va Abdurazzoqov Abduvosit kabi mansabdorlar turgan.

Korruptsiya sxemalari va “jinoyat ishlari tijorati”

Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, bu tuzilma qonun ustuvorligini ta'minlash o‘rniga, jinoyat ishlarini pul asosida ochish va yopish, ikkinchi tomondan esa qonunni manfaatga moslashtirish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan.

Jumladan, Sheranov rahbarligidagi 16-bo‘limga ommaviy ravishda ish materiallari yuborilgan va ular “o‘rganish” bahonasida oylab ushlab turilgan. Bu jarayonda “vositachi” shaxslar orqali ishga ta'sir o‘tkazish, pora yoki aloqalar orqali ishni yopish amaliyoti keng tarqalgan.

Qonunga bo‘ysunishdan bosh tortgan tergovchilar “siqib chiqarish” orqali ishdan haydalgan.

Sohaviy oqibatlar: tanazzul va kadr tanqisligi

Bunday tizim bir nechta jiddiy oqibatlarga olib kelgan:

1.  Professional kadrlar tizimdan chetlatildi, ularning o‘rnini shaxsiy sadoqat asosida ilgarilagan, huquqiy bilimga ega bo‘lmagan xodimlar egalladi.

2.  Tergov instituti tanazzulga uchradi, yangi kadrlar orasida hatto JPK yoki alifboni bilmaydiganlar ham bor.

3.  Tizim yuqori daromad keltiradigan “biznes”ga aylandi, unda har bir ish pul orqali hal qilinadigan tijorat mahsulotiga aylantirildi.

Prokuraturaning nazorat funktsiyasi korruptsiya vositasiga aylandi

Ichki ishlar tizimidagi sobiq va hozirgi mansabdorlarning guvohliklariga qaraganda, IIV hatto o‘z qarorlarini ham Toshkent shahar prokuraturasidan “ruxsat” olmasdan amalga oshira olmagan.

Bu holatda prokuratura nafaqat tergov jarayonini, balki butun huquq-tartibot tizimini noqonuniy ravishda nazorat qilgan. Ular sud jarayonlari natijalarini ham sun'iy o‘zgartirish, statistikani burmalash va yuqori rahbariyatga noto‘g‘ri tasvir berish orqali manfaatdor shaxslarni himoya qilgan.

Ayrim mansabdorlar hanuz ish faoliyatini davom ettirmoqda. Ularga nisbatan rasmiy choralar ko‘rilmagan bo‘lsa-da, ularning ta'siri hanuz sezilmoqda. 

Ichki manbalarga ko‘ra, ular siyosiy himoya va ta'sirli aloqalar yordamida himoyalanmoqda.

“Qonun” emas, “aloqa”lar tizimi

O‘zbekistonda huquq-tartibot tizimida qonun ustuvorligi o‘rniga shaxsiy manfaatlar, aloqa va ma'muriy ta'sir asosida boshqaruv amaliyoti shakllangan. 

Bunday tizimda adolat emas, “reshala” mexanizmi hal qiluvchi omilga aylangan.

Eltuz tahririyati mazkur jarayonni kuzatishda davom etadi va keyingi maqolalarda tilga olingan shaxslarning moliyaviy manbalari va faoliyatlarini tahlil qilishni rejalashtirgan.

Maqolada tilga olingan shaxslardan izoh so‘raymiz. Eltuz ular uchun javob berish imkonini ochiq qoldiradi.

Tag‘in o‘qing
23 september 2020
Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov uch oy oldin yangi partiya tuzish payiga tushgandan buyon unga ko‘rinmas kuchlar tomonidan ...
4 september 2017
O‘zbekiston muxolifati lideri Muhammad Solih Interpol qidiruv ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Muhammad Solihning o‘zi Eltuz muxbiriga aytib berdi. Solihga ...
21 january 2020
“Kamolotchi” barmog‘ini bigiz qildi va chekkada o‘tirgan vasyokni o‘rnidan turg‘azdi. – Ho‘v san, qani o‘rningdan tur-chi! Qatta ishlaysan? Ko‘rinishingdan ...
16 may 2018
Mirziyoevning AQShga safari boshlangan 16 mayda Rossiya nashrlari IShIDning 5000 jangarisi O‘zbekistonga hujum qilishga tayyorligi haqida feyk xabarlarni tarqatdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...