UzPoster
20 october 2025

Muzeylar boshqarmasi lavozimi sotilganmi?

Madaniy meros agentligiga qarashli Muzeylar boshqarmasi rahbari lavozimi uchun e'lon qilingan tanlov haqiqiy shaffoflikdan yiroq ekani haqida tahririyatimizga murojaat kelib tushdi. Murojaatchi ishonchli manbalarga tayanib, ushbu lavozim  allaqachon “sotib bo‘lingan”, tanlov esa faqat rasmiy ko‘rinish uchun o‘tkazilayotganini iddao qiladi.

Ma'lumotga ko‘ra, tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlar bir necha marta sinovlarni muvaffaqiyatli topshirib, suhbat bosqichigacha yetib kelgan. Lekin, savollarga to‘liq, 100% javob bergan taqdirda ham, ularga «tanlovdan o‘ta olmadingiz» deya noma'lum sabablar bilan rad javobi berilmoqda. Keyin esa ushbu lavozim yana qaytadan ARGOS tizimi orqali e'lon qilinayotgani kuzatilmoqda.

“Sababi — bu o‘rin allaqachon ma'lum shaxsga va ma'lum summaga “bron” qilingan. Faqatgina o‘sha “ishonchli” nomzod dastlabki test bosqichidan o‘ta olmayapti. U shungagina yetib olsa, suhbatdan uni suyab o‘tkazishadi”, — deydi manba.

Murojaatchi holatni fosh etish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati yoki Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligini tanlov jarayoni bo‘yicha videoyazuvlarni tahlil qilishga chaqirmoqda.

“Suhbat bosqichida qatnashgan barcha nomzodlar videoyozuvi bor. Shu yozuvlar tahlil qilinsa, kimning qanday javob bergani, kimning qanday baholangani ochiq ko‘rinadi. Hammasi oydinlashadi,” — deb yozadi u.

Bu kabi «tanlov»lar adolatli raqobatni o‘ldiradi, salohiyatli kadrlarni davlat xizmatidan uzoqlashtiradi va jamiyatda davlat idoralariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi.

Eltuz tahririyati Madaniy meros agentligi, Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi hamda boshqa mas'ul idoralardan ushbu holat bo‘yicha rasmiy izoh kutadi.

Tag‘in o‘qing
17 april 2025
Cud hujjatlarida ismi sir saqlangan toshkentlik 39 yashar erkak ikki ayolga OITS yuqtirdi. Erkak 2009 yildan buyon OITS markazida ...
2 august 2016
Ko‘zbo‘yamachilikning bu usuli Toshkentda Mustaqillikning 25 yilligi oldidan qilinayotgan xo‘jako‘rsin amaliyotlarning bir qismi ekani aytilmoqda. «Chinorlarni chopishmoqda – archalarni ...
10 april 2017
Raxmat Akilov telegram tarmog‘idagi ëzuvlari oshkor qilindi. Aqilov doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda IShID tarafdorlari yoki a'zolari bilan aloqada bo‘lgan. ...
5 october 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbeistonning Jizzax, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...