Ko‘zqarash
28 october 2025

«Shoirning boy bo‘lgani yaxshi…»

Shoirning osmondagi oy bo‘lganidan maxalladagi boy bo‘lgani tuzuk. Urgutda nima ko‘p boy ko‘p. Har ikki odamning biri millioner. 

Urgut tabiat ne'matlari¸ ko‘kat va bitkilarini sotibam boy bo‘lib yuribdi odamlar. 

Lekin shu boylardan birortasi uyini kutubxona qilib bergani yo‘q. 

Urgutdan chiqqan shoir Abdusaid aka Ko‘chimov ma'naviy va moliyaviy tarafdan boy bo‘lgani uchun  Urgutdagi kamida yuz ming dollar turadigan uyini yevroremont qilib ichini kitobdan to‘ldirib¸ vayfay o‘rnatib kompyuterlar qo‘yib kutubxona qilib eliga sovg‘a qildi. 

Men Abdusaid akani shu ishini o‘bdon yaxshi ko‘rdim. Kerak bo‘lsa yerlarga ontarilib maqtayman. 

Lekin qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘zbekiston madaniyat vazirligi va Samarqand viloyat madaniyat boshqarmasi bu kutubxonani balansga olib kerakli shtat va moliya bilan ta'minlab uzoq yillar samarali ishlashini ta'minlashi kerak. Kutubxona ishi davlat qo‘lida bo‘lishi kerak. 

Bitta g‘isht qo‘ydingmi maydonlariga,

Bir vassa o‘ydingmi ayvonlariga,

Bir misra qo‘shdingmi dostonlariga,

Kurab tashladingmi tomlardan qorni –

Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?

Bu savolga Abdusaid akaning javobi Urgutdagi kutubxonadir.

(Abdusaid aka marxum jurnalist otam Rajabboy Bobojonni ustoz deb xurmat qilardi. Buning hikmatini endi tushundim)

RT sahifasidan

Tag‘in o‘qing
27 january 2020
O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov milliy iqtisodiyotda xufyona iqtisodiyot hajmi, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 45 foizni tashkil etishini bildirdi.      “Aslida ...
10 march 2017
O‘zbekiston Prezidentining qaroriga ko‘ra, 1 martdan O‘zbekistondagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub'ektlarida kassa apparatlarining bo‘lishi ...
9 january 2025
Xijobli ayolning masjiddagi fitnasi, rus qo‘mondonlari hayotiga suiqasd, Suriya maktablaridan olib tashlangan darslar, O‘zbekistonda gaz fojiasi va bu 600 ...
15 december 2020
1 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan «Haqiqat va taraqqiyot» partiyasi lideri Xidirnazar Allaqulovning omma oldida chiqishi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...