Ko‘zqarash
9 november 2025

AQSh Markaziy Osiyo uchun xavfsizlik soyaboni bo‘la oladimi?

Kiplingning Maugli asarida javohirlar to‘la sandiqchaga kim ega bo‘lsa, o‘sha kimsa doimiy ta'qib va diqqat markazida qolganiga oid sahna bor. 

So‘ngi 20 kun ichida Avstraliya, Malayziya, Tailand va Yaponiya bilan nodir metallar sohasida qator bitimlar imzolagan AQSh Prezidenti Donald Tramp endi ko‘zini O‘zbekistonga tikdi va u  o‘zbek  rahbarini  Vashingtonda yuqori darajadagi sammitda qabul qildi.

O‘zbekistonda  yirik, hali to‘liq o‘zlashtirilmagan nodir yer elementlari zahiralari  mavjud. Bu nodir mujavharlar AQSh milliy xavfsizligi uchun muhim deb hisoblanadi.

Amaliy tashrif paytida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida imzolangan ikki bitimga diqqat qaratsak.

 O‘zbekiston Geologiya vazirligi va Denali Exploration Group kompaniyasi o‘rtasida noyob yer elementlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Re Element Technologies kompaniyasi o‘rtasida noyob yer metallari sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik bitimi.

Bu ikki bitim O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida yangi hamkorlik davri boshlanganidan va bundan buën O‘zbekiston AQSh himoya shamsiyasi ostida ekanligidan jiddiy dalolat.

Bundan tashqari  sun'iy intellekt, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish, Boeing samolyotlari va paxta savdosi bo‘yicha hamkorlik  boshlandi.

1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Flowserve kompaniyasi o‘rtasida nasos stantsiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuv;

2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Valmont Industries Inc kompaniyasi o‘rtasida suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kelishuv;

3. Raqamli texnologiyalar vazirligi va Palo Alto Networks kompaniyasi o‘rtasida sun'iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim;

4. UzAirways va Boeing kompaniyalari o‘rtasida samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;

5. Atacrop va Luis Dreyfus Company o‘rtasida soya donlari va shrot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;

6. «O‘zsanoateksport» va Cargill kompaniyasi o‘rtasida paxta yetkazib berish bo‘yicha shartnoma.

Yettinchi va sakkizinchi kelishuv «Nodir mujavharlar» haqida edi.

Rassom Tuzdan bayt budir: 

Boyman deb borimni o‘rtaga qo‘ydim

Sanduvoch qushimni sen uchun so‘ydim

Bu kichik bitikni ëzuvchi Kipling asariga ishorat bilan boshlagandim. «Kunchiqar va kunbotar hech qachon bir biri bilan uchrashmaydi» deb ëzgandi Kipling. Bu ëzuvchi yashagan yigirmanchi asr uchun to‘g‘ridir balki. Lekin g‘or davridan to bugunga qadar barcha manfaat uchun bir-biri bilan uchrashib keladi. 

AQShga nodir minerallar kerak. O‘zbekistonga esa Rossiya ayig‘i oshqozonidan o‘rin olmaslik va Xitoy ajdarhosi olovida kuyib ketmaslik uchun ximoya zontigi kerak. Hozirgi mavjud reallik shu. Izi yaxshilik bilan tugasin. 

Mendan oytsh

Chao pompidu, avuf vi der zeyn kurva bilat kokain.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
22 march 2018
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tomorqa vazirligiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 mart kuni Samarqand viloyati ...
27 july 2018
2003 yilning iyuli. Zona boshliqlariga dunyoning hamma joyidan Muhammad Bekjon nomiga xatlar kelayotgani yoqmaydi. Ular vaziyatga qarab ish ko‘rishga ...
2 november 2025
2018 yilning yanvarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ga aylantirildi. Lekin ...
22 september 2020
Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Muhiddin Jo‘raev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...