Asosiy mavzular
2 december 2025

Tramp–Putin o‘qi: Yevropa qit'asi moliyaviy javobga tayyor

Keyingi paytda o‘zbeklar orasidagi o‘risqul, paytavaquloq itvachchalar dumini likkillatib boshladi. Bu itvachchalarni bir tepib haydash joiz.

Xullas, agar Tramp Rossiyaning Ukrainaga tajovuzini qonuniylashtirmoqchi bo‘lsa, Yevropa Amerika moliyaviy tizimini tubdan larzaga keltira oladigan darajada kuchli iqtisodiy zarba bilan javob berishga tayyor. — Wall Street Journal

Yevropa Amerikaning enasini ko‘rsatadi. 

Trampning o‘rislar bilan ashir-nashir bo‘lgani ortidan Yevropa jiddiy xavotiir va tadorikda. 

Yevropa siësatchilari ishonishicha, Tramp Yevropaning xavfsizligini amalda Rossiyaga “sotadigan” va Putinning diktatorlik rejimi bilan qandaydir yashirin kelishuv rejalashtirmoqda.

Bu safar Yevropa vaqtni bekorga sarflamayapti. Vaziryatni strategik favqulodda holat deb atashmoqda va hatto yadroviy iqtisodiy quroldan foydalanishga tayyor.

Yevropaning rejasi qanday ? 

Agar Tramp Putinga ruxsat bersa, Yevropa ataylab AQShning moliyaviy tizimini qulatadi. Amerikaning ekonomikasini ontarib tashlaydigan mexanizm bor Yevropa Ittifoqida.

Ular buni trillionlab dollarlik AQSh davlat qarzini – ularning ko‘pchiligi egalik qiladigan obligatsiyalarni – katta miqdorda sotib yuborish orqali amalga oshiradi. 

Bu shunchaki yomon bo‘lib qolmaydi, balki 2008-yildagi inqirozdan ham og‘ir bo‘lgan haqiqiy falokat bo‘ladi.

Natija – AQSh iqtisodining ontarilib, oëg‘i osmondan kelib, to‘liq iqtisodiy qulashi bo‘ladi: 

Dollar keskin tushadi, banklar muzlab qoladi, AQShdagi kredit foiz stavkalari osmonga ko‘tariladi.

Siyosiy jihatdan-chi? Bu Tramp va respublikachilar uchun kafolatlangan falokat bo‘ladi, chunki bu u Rossiya iqtisodi Italiyanikidan ham kichik bo‘lgan mamlakat bilan shubhali bitimni butun erkin dunyo barqarorligidan ustun qo‘yganini ko‘rsatadi.

Xulosa oddiy: Yevropa endi AQShga ishonmaydi va agar Tramp qizil chiziqni bosib o‘tsa, ular unga qarshi moliyaviy zarba berishga tayyor.

Gurziyi muboraklari bilan birinchi urganidaëq tomog‘igacha yerga kirgizib tashaydi.

Bulung‘urlik Anvar akaning o‘g‘li Rustam Umarov ko‘rpa ostida ish birligi qilgan Amerika siësatchilariga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatganida jasoratni Yevropa Ittifoqidan oldi. 

Ashnaqa gaplar. Buni siësat deydi. Mardi maydon deydi. 

Ukrainaga sharaflar! Botirlarga shuhrat!

Tag‘in o‘qing
26 january 2026
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tuman sudida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘liga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlanmoqda.  ...
1 january 2021
Mana, o‘lmagan qul siz bilan 2021 yilning ilk kunida diydorlashib o‘tiribman. 364 kunlik kitob turibdi oldimda. Bir-bir varaqlayman. Ko‘chada ...
5 january 2017
Biz 2016 yil davomida o‘zbek matbuotini imkon qadar kuzatib borishga harakat qildik. Mazkur kuzatishlarimiz asosida matbuotimizning o‘tgan yilgi faoliyatini ...
31 july 2025
Bir million 700 ming aholiga suv deya bahonada olingan milliardlar qaerga «oqyapti»? —  Surxondaryoda «To‘palang» loyihasi ortida kimlar turibdi? ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...