Asosiy mavzular
25 december 2025

Sardoba fojiasining uysiz qolgan jabrdiydalari

2020 yilning may oyida yuz bergan Sardoba suv ombori toshqinidan buyon to‘rt yildan ziyod vaqt o‘tdi. O‘shanda Toshkentdagi rasmiylar «hech kim e'tibordan chetda qolmaydi» deya va'dalar berishgan. Ammo Sirdaryo viloyatida hanuzgacha va'da qilingan uyini ololmay, sarson-sargardon bo‘lib yurgan o‘nlab oilalar bor. Ular orasida nogironligi bo‘lgan shaxslar va boquvchisini yo‘qotgan ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Sardoba fojiasi O‘zbekistondagi qurilishdagi o‘g‘irliklarning achchiq natijasi edi. 2010-2017 yillarda qurilgan to‘g‘on atigi uch yil ichida o‘pirilib tushdi. Oqibatda 2500 dan ortiq hovli va 99 ta ko‘p qavatli uy yashashga yaroqsiz holga keldi.

Prezident Shavkat Mirziyoev jabrlanganlarning barchasiga uy qurib berishni va'da qilgandi. Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov tomonidan ajratilgan 40-50 million so‘mlik yordam pullari esa faqat ro‘zg‘or buyumlariga yetdi xolos. Asosiy muammo – boshpana masalasi ko‘pchilik uchun yechilmay qolmoqda.

Ikki qizi bilan ko‘chada qolgan ota

O‘zbekistonlik jurnalist Galima Buxarbaeva «Sardoba» avariyasida uysiz qolganlar ro‘yxatini tuzdi. 

«Dastlabki maqsadim quyidagi 10 oilaning uy olishiga yordam berish. Agar siz ham ularga yordam qilmoqchi bo‘lsangiz ularning kontaktlarini sizga jo‘nataman» deya yozdi u Eltuz muharririga.

Ro‘yxatga kirganlar jamiyatning eng muhtoj qatlamiga tegishli: 

Mirzaobod tumanining «Haqiqat» mahallasida yashagan Salimjon Kiliboev I-guruh nogironi. U baxtsiz hodisa tufayli mustaqil harakatlana olmaydi, nogironlik aravachasiga mixlangan.

Toshqinga qadar uning 12 sotixli hovlisi va 2 xonali uyi bo‘lgan. Bugun esa u ikki nafar voyaga yetmagan qizi bilan ijarada, tor xonalarda kun kechirmoqda.

«Kvartiralar taqsimlanganda mening ismim nega ro‘yxatga tushmaganini hech kim tushuntirib bermadi. Hammasiga qo‘l siltab, bizni unutib yuborishdi», — deydi u kuyinib Centre1.com nashriga bergan intervyusida.

«Menga kelganda kvartiralar tugab qoldi»

Oqoltin tumani «Navoiy» mahallasidan Unsinoy Abdunazarova ham II-guruh nogironi. U ikki farzandi bilan bir million so‘mlik nafaqasining hammasini ijaraga berishga majbur.

«Menga «uy bityapti, keyingi navbatda olasiz» deyishdi. Birinchi navbat o‘tdi, ikkinchisi o‘tdi, uchinchisida esa «kvartiralar tugab qoldi» degan javobni berishdi», — deydi ayol.

Bu odamlarning ovozi Toshkentdagi hashamatli saroylargacha yetib bormayapti. Mahalliy amaldorlar esa yuqoriga «hamma uyli bo‘ldi» deb hisobot berish bilan band. Quyidagi ro‘yxatda keltirilgan fuqarolar Sardoba fojiasidan so‘ng davlat nazaridan chetda qolgan, huquqlari poymol etilgan «kichik odamlar»dir.

Sardoba toshqinidan so‘ng boshpanasiz qolganlar ro‘yxatini keltiramiz:

1. Qarabaev Sulton Kuljanovich — Oqoltin tumani, «Shodlik» mahallasi;

2. Kiliboev Salimjon Ubaydullaevich — Mirzaobod tumani, «Haqiqat» mahallasi;

3. Xoliqova Shodiya — Oqoltin tumani, «Saxovat» mahallasi;

4. Yuldasheva Zumrad — Oqoltin tumani, «Ahillik» mahallasi;

5. Abdunazarova Unsinoy — Oqoltin tumani, «Navoiy» mahallasi;

6. Mahkamova Sharofat — Oqoltin tumani, «Shodlik» mahallasi;

7. Qo‘zieva Munavvar — Oqoltin tumani, «Shodlik» mahallasi;

8. Burhonova Inobat — Oqoltin tumani, «Shodlik» mahallasi;

9. Aqqulova Olmaxon — Mirzaobod tumani, «Haqiqat» mahallasi;

10. Sahobiddinov Yunusali — Oqoltin tumani, «Shodlik» mahallasi.

Bu ro‘yxat faqatgina bizga ma'lum bo‘lganlari. Aslida korruptsiya va befarqlik qurbonlari soni bundan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin deydi o‘zbekistonlik faol. «Eltuz» voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Sizda ham Sardoba toshqini yoki boshqa ijtimoiy adolatsizliklar bo‘yicha ma'lumotlar bo‘lsa, bizga yo‘llang.

Tag‘in o‘qing
14 april 2017
Samarqanddagi mobil muxbirlar, Oqilovning uyi surati, videosi va uning yaqinlari haqidagi maqolani e'lon qildi. Oqilov yashagan mahalladagilar, nashr muxbiriga ...
17 august 2021
The Economist nashri 15 avgust kuni «Tolibon»ning Afg‘onistondagi g‘alabasi va hukumatning tezda taslim bo‘lishi tahliliga bag‘ishlangan maqola chop etdi. ...
20 july 2024
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi 19 iyul kuni jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaev va ...
25 june 2017
Prezident Mirziyoev 13 iyun kungi chiqishida O‘zbekiston adliya tizimida avj olgan poraxo‘rlik muammosini ko‘tardi. «Prokuraturaning 70 foizini ishdan olib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...