Asosiy mavzular
11 january 2026

Xovos fermerlarining yerlari nega tortib olinmoqda?

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida fermer xo‘jaliklari bosim ostida qoldi. 2025 yil 30 dekabr kuni viloyat hokimi ishtirokida tuman fermerlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Xovosdagi barcha fermerlar yer maydonlari to‘liq olib qo‘yilishi aytilgan. Majlisdan so‘ng maxsus ishchi guruh tuzilib, fermer xo‘jaliklarini yopish talabi qo‘yila boshlangan. Shundan beri tuman fermerlarining xotirjamligi buzildi. 

Har kuni viloyat prokuraturasi, ichki ishlar, majburiy ijro, soliq va boshqa idoralardan iborat ishchi guruhlar fermer xo‘jaligi rahbarlarining uylarigacha borishmoqda. Ijro hujjatlarisiz fermerlarning shaxsiy mol-mulki xatlanib, yerdan voz kechish haqida majburiy ariza yozish talab qilinyapti. 

Ariza yozishdan bosh tortgan fermerlarga nisbatan agroinspektsiya orqali tekshiruvlar o‘tkazilib, jarimalar qo‘llanib, tuman fermerlar kengashidan majburiy xulosalar olingan holda sudlarga da'volar tayyorlanayotgani ham bildirilgan. 

Yer maydonida paxta va g‘alla yetishtirib, oilasini shu orqali boqib kelayotgan fermerlar bu holatlar ularning qonuniy manfaatlarini jiddiy ravishda buzishini ta'kidlashmoqda.  “Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, xalq manfaatini o‘ylash haqida aytilgan gaplar amalda o‘z ifodasini topmayapti”, deya xavotir bildirmoqda Xovos fermerlari.

Tuman fermer xo‘jaliklarini himoya qilishda amaliy yordam ko‘rsatilishi shart. Vaziyat o‘z vaqtida va joyida o‘rganilsa, inson manfaatlari qanday tarzda buzilayotganini  nafaqat ochiq ko‘rish mumkin, balki unga yechim topishga ham imkon bo‘lardi.

Tag‘in o‘qing
20 april 2020
Xotiralarimda o‘tgan asrning 70-yillari aurasiga kirib qoldim, chiqish oson bo‘lmayapti… G‘arb she'riyati haqida yozilgan turkum maqolalarga jahli chiqqan, o‘zini ...
21 october 2023
Qadrli muxlislar, bugungi mavzuimiz men uchun aytish noqulay, ammo ehtimol ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lgan Turkiyaga kiritilmasligim mavzuyiga bag‘ishlanadi. Shu ...
10 july 2019
Muhammad Solih shoir va siyosatchi. 1949 yil 20 dekabrda Xorazmning Urganch tumanida dunyoga kelgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakulteti ...
15 june 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni kutilayotgan navbatdagi prezident sayloviga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...