Dayjest
13 january 2026

Uchko‘prikda to‘rt yigit 14 yashar qizni jinsiy zo‘rladi

2026 yil 9 yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumaniga qarashli Kenagas qishlog‘ida jamoatchilikni larzaga solgan og‘ir jinoyat sodir etildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Buyrak qishlog‘ida yashovchi yosh qiz bir guruh yigitlar tomonidan jinsiy zo‘rlangan.

Ma'lum qilinishicha, qizni to‘rt yigit navbat bilan zo‘rlashgan. Ular qizni oldindan ijaraga olingan, Kenagas qishlog‘ida joylashgan bilyardxonada jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlar. 

Bu bilyardxona Qo‘qon–Farg‘ona yo‘li bo‘yida, MFY binosidan atigi 200 metr uzoqlikda joylashgan.

Yigitlarning uch nafari Kenagas qishlog‘idan, yana biri esa Bog‘dod tumanining Qo‘shtegirmon qishlog‘idan ekani aniqlangan.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, yigitlardan biri Lacetti rusumli avtomashinada qizni bilyardxonaga olib kelgan. Ushbu joy haqida mahallada avvaldan tarbiyasida muammosi bor yoshlar tez-tez to‘planishi to‘g‘risida gap-so‘zlar yuradi.

Qizni taniganlar uning ruhiy sog‘ligida muayyan muammolar mavjudligini ta'kidlamoqda. Bu holat jinoyatning ijtimoiy va ma'naviy og‘irligini yanada oshiradi.

Voqeadan so‘ng qizning onasi tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan dastlab jami yetti nafar shaxs ushlangan. Ulardan to‘rt nafariga nisbatan ehtiyot chora sifatida qamoqqa olish chorasi qo‘llanilgan, qolgan uch nafar shaxs esa qo‘yib yuborilgan.

Qo‘lga olingan shaxslar 2002 yilda tug‘ilgan bo‘lib, ulardan biri oilali va ikki nafar farzandga ega ekani ma'lum qilinmoqda. Ayni paytda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tag‘in o‘qing
14 august 2019
Bir guruh faollarning 13 avgust kuni shoir Mahmud Rajab himoyasiga norozilik namoyishi o‘tkazishni so‘rab Xorazm viloyati hokimiga, viloyat IIB ...
12 may 2017
11 may kuni BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Xuseynning tashrifi yakunlandi. Tashrifning bosh natijasi 15 yillik ...
20 november 2017
Bu yil o‘zbek futboli uchun navbatdagi og‘ir yil bo‘ldi. Shuncha ko‘tar-ko‘tarlar bilan terma jamoa yana jahon chempionatiga chiqa olmadi. ...
8 november 2023
Boyovut Ichki ishlar idorasi boshlig‘i o‘rinbosari profilaktika inspektorini noinsof, iflos, eshshak, cho‘chqa deya haqorat qildi. Qadrli muhlislar bugun 8 noyabr ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...