Kundalik
2 may 2015

Falokatdagi odamlar ëki oëq izlari bizni katta yo‘lga eltadimi?

Ammo sal farq bor. MTS ëpilib ochilishi¸ GK ning ota mexridan mosuvo qilinishi¸ Rossiyaning Qrimni annektsiya qilishi bilan bog‘liq voqealar bu falaj jamiyatning ba'zi a'zolarining qimirlashiga olib keldi.

Huddi komada ëtgan odamning barmog‘i qimirlagani kabi.

Sovet hukumatini shirin tush kabi sog‘inganlar tilga kirib “Oh qanday davrlar edi¸SSSRda tuyalarning tezagi oltindan edi” deya boshlashdi.

Yana birovlari esa o‘zlarini haëlan Putin bilan bir to‘shakda ko‘rib rohatlanishdi. Ba'zilar mamlakat qora bayroq ostidagi hilofotning bir qismi bo‘lsin deya orzumand. bo‘lishdi.

Qoraqalpoqni ajratish¸Xorazmni mustaqil qilish¸ Samarqand va Buxoroni Tojikistonga¸ Toshkentni Qozog‘istonga berish istagida bo‘lgan ko‘knorihaëllarga til bitib alahlab aljiray boshladi.

Falaj xolatda ëtganida odam tanasidagi turli kasalliklar ham falaj xolatda uxlab ëtgan bo‘ladi. Komadan chiqqan odam o‘z tanasidagi turli kasalliklar uyg‘onganini ham ko‘radi.

Bu kasalliklar oqibati inson uchun komadan ham hatarli bo‘lishi mumkin.

Koma xolatidan chiqqan odamlarning sal o‘tmay olamdan o‘tganini tibbiët shunday izohlaydi.

Jamiyat va davlat uchun falajdan keyin uyg‘onadigan hastaliklar qanchalik tahdidli.

Bu savol javobini kelajakka havola qilib yana bugunni tahlil qilsak.

Men deyarli har kuni o‘zbekistonliklar bilan gaplashish asnosida ularning erkinlik istamaëtganligini his qildim.

Ular yana ham totalitar tuzum istashmoqda.

Toshkent qishloqilarga to‘lib ketdi¸ularni shaharga kirgizmaslik uchun choralarni kuchaytirish kerak¸ shahar rezinadan emas deyishadi.

Xolbuki propiska bor¸ cheklov bor. Ular shundoq ham dunëdagi ëpiq shaharlardan biri bo‘lgan Toshkentni boshqalar uchun ëpilishini istashadi.

Ashulachilar gitara chalmasin¸ milliyligimizga zid deyishadi. Shundoq ham bitta ashulachi ustidan to‘rt idora va sakkizta qaror ho‘jayin.

Yo‘q yetarli emas deyishadi. Taqiq kuchaysin deb talab qilishadi.

Taqiq¸ cheklov va qatag‘on istaëtganlar ko‘p. Erkinlik¸hurriyat va tanlov istaganlar kam.

Demokratiya va islohot istagan oddiy odamni hali uchratmadim.

«Ana demokratiya istagan Ukrainani ahvolini ko‘ring » deyishadi. «Bizni tinch qo‘ying ketimizga tepishsa ham qornimiz to‘q bo‘lsa bo‘ldi»¸ deyishadi.

Xolbuki O‘zbekistonda ketiga tepilaëtgan odamlarning qorni to‘q emas¸ boz ustida uyida chiroq ënmaydi¸gaz o‘rniga tezak ëqishga mahkum.

Yana o‘sha eski gap. Yig‘i sig‘i . Ox voh . Boshi berk ko‘cha.

Ammo cho‘kaëtgan odam oëq qo‘lini qimirlatadi. Ko‘chada adashgan odam esa odamlardan yo‘l ko‘rsatishni so‘raydi.

Afsus biz cho‘kaëtib oëg‘imizga tosh boylagan odamga o‘hshaymiz. (masalan dabdabali to‘ylar)

Biz agar adashgan bo‘lsak nega yo‘l izlamaymiz.

Ba'zan sendan oldin yurgan odamning oëq izlari seni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi mumkin.

Chunki adashgan bir biz emasmiz. Yo‘l topganlar bor.

Albatta Singapurda o‘tkazilgan islohot samarasi haqida gapirish mumkin.

Ammo darxol Singapur mentaliteti bizdan uzoq degan e'tirozni e'shitish mumkin.

Unday bo‘lsa biz bilan yaqin o‘tmishda birga yashagan Gruziya islohoti bizga yo‘l haritasi bo‘la olmaydimi.

Bugun Gruziyada “pora bilan o‘qishga kirish”¸ “GAI ga pora berish” kabi holatlar uzoq o‘tmishga aylandi.

Bugun Gruzyaida uy oldi sottisi 30 daqiqada amalga oshiriladi. Mashinaga nomer olish uchun 20 daqiqa ketadi. Firma ëki shirkatni qayddan o‘tkazish uchun nizomiy kapital zarur emas. Politsiya yahshi ishlagani bois mashinani qulflamasa ham bo‘ladi.

Buni Tbilisidagi tanishlarim aytmoqda.

Albatta «aqlli» vatandoshdan yana e'tiroz eshitamiz.

Gruziyadagi islohotni G‘arb va AQSh moliyaladi degan e'tirozni.

Aytish lozimki bunday ërdamni O‘zbekiston dohil 180 mamlakat oladi. Gruziyadan farqli o‘laroq bu mamlakatlarda radikal islohot o‘tkazish istagi yo‘q. Hech kim Gruziya kabi politsiyada ishlaganlarnig 90 foizini almashtirmoqchi emas.

Yana e'tiroz¸ yana shubha…

Xuddi cho‘kaëtgan odam uni qutqarmoqchi bo‘lgan odamni savolga tutgani kabi. Ya'ni sen uzatgan xodani tikoni barmog‘imga kirib og‘ritmaydimi degan tarzda.

Barmoq tuzalishi mumkin ammo cho‘kib o‘lgan odam baliqlarga yem bo‘lishi tayin.

Shuhrat Bobojon,
«Qorinja» kitobidan

Tag‘in o‘qing
4 december 2017
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda kuchli o‘yinchi bo‘lishga intilish barobarida harbiy qudratini ham oshirib bormoqda. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining 4 dekabr ...
14 march 2022
O‘zbekistondagi jinoyat olami qiroli Baxti Tashkentskiy nomi bilan mashhur Baxtiyor Qudratullaevning 28 yashar o‘g‘li Ixtiyor Toshkentning qoq markazida qimmatbaho ...
27 december 2025
Kuni kecha Eltuz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi va Sudyalar oliy kengashi qarori asosida Toshkent shahar sudining bir qator sudyalari ...
14 september 2016
O‘zbekistonda Konstitutsiya toptaldi – yana bir bor uning arzimas qog‘ozlar tahlami ekaniga ishora berildi. Ayni holatni aks ettirgan rassom ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...