Kundalik
4 may 2015

Orzumand erksevarning monologi

Shuhrat Bobojon
Eltuz.com

Bu partiya men orzu qilgan ikki maqsadni ko‘zlagan edi. Birinchisi Sovet Ittifoqidan butkul ajralib chiqib erkin davlat bo‘lish. Ikkinchisi esa dunëning yuzdan oshiq davlatining farovonligi tamali bo‘lgan G‘arb liberal demokratiyasi edi. O‘sha kuni Erk Qurultoyida chiqish qilishim kerak edi. Bir kun oldin va'z ëzib qo‘yuvdim. Aksiga olib bu va'z ëzilgan varaq ukamning uyida qolib ketdi. Bu va'z «ikkiyuzlama bo‘lmasdan o‘z istagini ochiq aytish» haqida edi.

Masalan o‘zbek qorni och bo‘lsa ham to‘qman deydi. Ketiga tepsang hudoga shukur meni tepgan oëg‘ingiz urinmadimi deydi.

Men o‘shanda odamlarga qarab ichimizdagini ochiq aytaylik. Biz SSSR dan chiqib alohida yashashni istaymiz¸ bizni Moskvadagi o‘rislar boshqarmasin¸ o‘zimizni o‘zimiz boshqaraylik dedim.

Ammo bu gaplarni men silliq va ravon qilib ayta olmadim. Chunki nutq ëzilgan qog‘oz uyda qolib ketgan edi.

O‘shanda men Samarqand mamlakat poytaxti bo‘lsin va yangi mustaqil mamlakatning nomi Turkiston bo‘lsin degan taklifni ham kiritgan edim.
O‘sha kungi Qurultoy qatnashchilari eslasa kerak. Men yangi mustaqil Turkistonning gerbini ham chizib o‘zim bilan olib borgan edim.

Uchta ko‘k dumaloq doira shaklidagi piramida Amir Temur davlatining timsoli edi bu.

Oradan 25 yil o‘tdi. Hali ham orzu qilyapman.

Tag‘in o‘qing
4 october 2016
SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining 1938 yil 4 oktyabrdan 16 oktyabrgacha bo‘lgan sayyor yig‘ilishlarida 507 nafar o‘zbekistonlik siyosiy maxbuslar ...
2 march 2021
“Qizlarim qaerdaligini bilmayman. Xotinim esa kechalari bilan uxlay olmaydi. Men g‘amga botdim”. O‘n minglab odam qatori Xitoyning “qayta tarbiyalash ...
19 january 2016
Choyxona oshi Mayxona oshi To‘yxona oshi Nahor oshi Ta'ziya oshi Payshanbayu yakshanba oshi Shunday o‘tar ro‘zu ro‘zgorim Nariroqda ho‘v ...
22 may 2016
O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola Karimova xizmatlarining Ispaniya hayriya jamg‘armasi tomonidan yuksak taqdirlanishi Jamg‘armaning O‘zbekistondagi real vaziyatdan mutlaqo bexabar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...