Asosiy mavzular
4 october 2016

O‘zbek tarixidagi qonli kun

SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining 1938 yil 4 oktyabrdan 16 oktyabrgacha bo‘lgan sayyor yig‘ilishlarida 507 nafar o‘zbekistonlik siyosiy maxbuslar ustidan hukm chiqarilgan.

Harbiy Kollegiyaning 1938 yil 4 oktyabrdagi yig‘ilishida otuv jazosiga hukm qilinganlar ro‘yxatidan bir qism:
Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabi millatimizning buyuk adiblari,olimlari va o‘zbek millatining bunyodkorlari;
Rahim Inog‘omov – o‘zbek tili va madaniyatini sovetlashishdan himoya qilish uchun bir siyosiy arboblardan va ziyolilardan iborat guruhni to‘plagan;
Usmonxon Eshonxo‘jaev, Rustam Islomov, Fayzulla Rahimboev, Akbar Islomov, Sa'dullaxo‘ja Tursunxo‘jaev – davlat va jamoat arboblari;
G‘ozi Olim Yunusov – birnchi o‘zbek folklorshunos olim, birinchi jurnalist va birnichi publitsist,
Qayum Ramazon, Otajon Hoshimov, Majid Qodirov, Ziyo Saidov birinchi o‘zbek adabiyotshunoslari,
Po‘lat Soliev – birinchi o‘zbek tarixchisi,
Xudoybergan Devonov – birinchi o‘zbek kinorejissyori, birinchi operator, birinchi fotosuratchi.
Va boshkalar…

Bular va boshqa ulug‘ millatdoshlarimiz, el-yurtdoshlarimiz hukm chiqarilgan kuniyoq 1938 yilning 4 oktyabrida, hozirgi Yunusobod tumani Oqtepadagi qatl xonada qatl etilganlar.

Bu qonli kundan oldinroq Munavvar Qori, Botu,Tavallo,Ubaydulloxo‘ja Asadilloxo‘jaev, Musa Saidjon kabi buyuk va birinchi o‘zbek pedagoglari, yuristlari va shoirlari qatl etilgan edilar, keyinchalik shahidlar safiga Usmon Nosir kabi o‘zbek millatining buyuk o‘g‘lonlari qo‘shildi.

O‘zbek millatining buyuk farzandlari, buyuk bunyodkorlari va ustozlari xotirasi oldida bosh egaylik.
Ularni unutmaylik!

Ular bizga qoldirgan meroslarini asraylik va kelajak avlodlarga qoldiraylik!
Ohiratlari obod, ruhlari shod bo‘lsin!

Anvar To‘ra Nazir,
mustaqil blogger
www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 september 2019
«Aka, men ularni oqlamoqchi emasman, unday niyatim ham yo‘q. Men ularning odam ajratishiga ishonqiramay turgandim, xolos. Agar haqiqatan ham ...
4 february 2022
Mana g‘irr etib xafta aylanib yangi yilning ikkinchi oyida siz bilan yana ko‘rishib turibman. Kunlar it quvgan gadoydek tez ...
21 november 2025
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh tomonidan taklif qilingan tinchlik kelishuvini qabul qilmasligini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘z ...
7 march 2018
Odatda donasi 10 ming so‘m turadigan atirgul narxi 7 mart kuni Toshkentda 60 mingga chiqdi. Bir dona orxideya guli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...