Kundalik
11 october 2015

G‘allaorol shifoxonasi bosh vrachi o‘limining yangi tafsilotlari

Eltuz ilgari xabar qilganidek Jizzax viloyati G‘allaorol tumani bosh shifokori Yusuf Esirgatov Do‘stlik tuman militsiya bo‘limidagi hibsxonada ikki kun o‘tirib chiqqach, 9 oktyabr kuni vafot qilgan edi.

Voqeaning so‘nggi aniqlangan tafsilotlariga ko‘ra, bosh vrach paxta terimi kampaniyasining borishini nazorat qilish uchun Toshkentdan jo‘natilgan “vakil”ning buyrug‘iga ko‘ra hibsda bo‘lgan.

Toshkentlik amaldorning g‘azabini keltirgan fakt, G‘allaorol shifoxonasi personalining paxta terishni uddalamayotgani bo‘lgan. Belgilangan 70 kg., norma o‘rniga shifoxona xodimlari kuniga 17-20 kg paxta terishgan.

G‘allaorol tuman shifoxonasi xodimlari Jizzax viloyati Do‘stlik tumani 13-son sovxozida paxta terishgan.

Kasbi vrach-kardiolog bo‘lgan Yusuf Esirgatov, butun O‘zbekistonning minglab idoralari rahbarlari qatori, davlatga paxta terib topshirish rejasini ta'minlashi lozim edi. O‘zbekiston paxta sanoatida turli kasbdagi odamlarni paxta terimiga majburlash, misli ko‘rilmagan holat hisoblanadi.

www.Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 february 2021
1 fevral kuni Urganch shahri fuqarolik sudi kelinga bokira chiqmaganlik aybini qo‘yib, uni videoga olib, internetda sazoyi qilgan bir ...
19 december 2025
Qumqo‘rg‘onda 38 yashar xotin G. O.  mast erini belkurak bilan urib o‘ldirdi. Erkak uydagi og‘ilxonada boqilgan uloqni sotib,  pulni ...
9 september 2025
Amerika bozoriga kirib borish oson jarayon emas. Buning uchun qator xalqaro darajadagi yangi sertifikatlarga ega bo‘lish talab etiladi. Shu ...
11 may 2020
Bir manzara hech esimdan chiqmaydi. Adashmasam, 1996 yillar edi. O‘rda bozorida paypoq olaman deb, rastalar oralab yurgandim. Bir joyda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...