Multimedia
30 november 2015

Vyacheslav Ohunovning «Yulduzlar Hiyoboni»

Ko‘rgazmada sobiq SSSRning 14 mamlakatidan 74 nafar rassomlar ishi taqdim qilinmoqda. O‘zbek rassomi Vecheslav Ohunovning «Yulduzlar hiyoboni» installyatsiyasi Kuhlhaus ko‘rgazmalar pavilonining markaziy joyini egallamoqda.

Gulnora Karimova, Bashar Asad, Donald Tramp, Dariga Nazarboeva, Vladimir Putin va va boshqa zamonamizning taniqli qahramonlari Ohunovning Shuhrat hiyobonidan munosib joy olishgan.

Hollivud hiyobonidan farqli, bu personajlar dunyoga hech bir ijobiy narsa berishmagan, biroq korruptsiya, zo‘rovonlik, mas'uliyatsizlik va populizm rivojiga hissa qo‘shishgan.

Ijodi bilan mamlakat iftixor qilishga arziydigan o‘zbek rassomining o‘zi Berlindagi ko‘rgazma ochilishiga kela olgani yo‘q. Bir necha yil avval unga chiqish vizasi berishni rad qilishgan.

Chiqishiga taqiq sababi esa, hukumatni tanqid qilishdan tap tortmaydigan Vyacheslav Ohunovning fuqarolik pozitsiyasidir.

Bu bilan u, atrofidagi voqealarni sezmaslikka urinuvchi, ko‘rimsiz o‘zbek rassomlari massasidan ajralib turadi.

«Balagan» ko‘rgazmasi o‘zlari yashayotgan mamlakatni xis qiluvchi rassomlarning dolzarb mavzulardagi asarlarini tamsil qiladi. Garchi Vyacheslav Oxunov chiqish huquqidan mahrum bo‘lgani bilan, uning asarlari, rassomni jazolayotgan hukumatni sharmanda qilaroq, butun dunyo bo‘ylab namoyish etiladi.

Umida Niyazova

Berlin, 2015 yil 30 noyabr
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 september 2025
So‘zboshi Roman muallifi — tanikli turk tilshunosi Professor Axmad Beyjon Erjilosun turk dunyosida nomi chikkan olimdir. U Sovet Ittifokida ...
4 january 2026
«Kechagi kun — tarix, ertangi kun — jumboq. Bugungi kun esa — tuhfadir» 
21 november 2021
Siësatchi bo‘lish¸ siësatga kirish bugungi O‘zbekistonda boshni kundaga qo‘yish bilan barobar. Bu haqda Jahongirga ëzuvdim sal oldin. «Senga gul ...
30 november 2015
Ko‘rgazmada sobiq SSSRning 14 mamlakatidan 74 nafar rassomlar ishi taqdim qilinmoqda. O‘zbek rassomi Vecheslav Ohunovning «Yulduzlar hiyoboni» installyatsiyasi Kuhlhaus ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...