UzPoster
12 may 2023

Karimov davrida ezilgan Stalin Yangi O‘zbekistonda yayramoqda

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Isaxonova  ko‘chada yuzlab odamlarning Stalinni olqishlab, qichqirishini qonuniy deb baholadi.

Toshkent shahrida 9 may kuni yuzdan ortiq shaxs “Birodarlar qabristoni”da sovet  bayrog‘i ostida “Birodarlar qabristoni”da  «Stalinga urra» deb yurish qilgan edi.

Voqeani o‘z Telegram kanalida joylagan Nikita Makarenko “Kecha Bratskiydagi (Toshkentdagi “Birodarlar qabristoni”) ushbu karnavalda jiddiylik bilan “O‘rtoq Stalinga, ura!” deb qichqirgan holda O‘zbekiston SSR bayrog‘i ostida yurish qildi. Qodiriy, Fitrat va boshqa minglab yurtdoshlarimizning qotili uchun “ura”mi?”, —deya o‘z e'tiroz bildirdi.

Toshkent shahar IIB zobitlarining kavakka kirib «axmoqni ëqib olgani»ga qaraganda   jallod Stalinni ulug‘lashga «dobro» Yangi O‘zbekiston tepasiga o‘rislar ekib qo‘ygan rahbarlar tarafidan berilgan. 

Tonirovka masalasida tomog‘ini yirtadigan balogirlar suruvi  o‘sha kuni tinchgina boshqa o‘tloqlarda o‘tlab yurdi. @eltuz2022 Toshkentda SSSR bayrog‘ini hilpiratib yurish IShIDning qora bayrog‘ini kӯtarib yurishga teng ekstremistik jinoyat bӯlishi kerak aslida.

Tag‘in o‘qing
31 december 2025
Germaniyada istiqomat qilayotgan taniqli mustaqil jurnalist va huquq faoli Malohat EshonqulovaningYouTube platformasidagi «Tarozi» (Tarozu) kanali faoliyati to‘xtatildi. Bunga kanalga ...
28 june 2019
Ba'zan xorijda, G‘arb davlatlarida yashayotgan vatandoshlarimizga hayron qolaman. Amerika, Kanada va Yevropada kim bilan gaplashmang, ko‘pchilik shu davlatlarning liberal, ...
13 february 2022
Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi butun dunyo uzra quyuq qora bulutdek bo‘lib turibdi. To‘satdan chaqmoq chaqib, to‘fon boshlanadigandek. G‘arb matbuotida bosh ...
23 february 2020
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019 yilgi paxta yig‘im-terimi davrida majburiy mehnatdan foydalanishga yo‘l qo‘yganligi tufayli ma'muriy javobgarlikka ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...