UzPoster
4 december 2025

Yevropa AQSh Ukrainani Rossiyaga hiyonatkorona taslim qilishidan xavotirda

Nemis nashri Der Spiegel Volodimir Zelenskiy dushanba kuni Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan o‘tkazgan yopiq telefon suhbati mazmunini e'lon qildi.

Suhbat ishtirokchilari AQSh Ukraina ishtirokisiz Rossiya bilan kelishuv tuzishi va amalda  Zelenskiyni hududiy yon berishlarga majburlashi mumkin deb hisoblashadi.

Yevropa rahbarlari nima dedi:

Emmanuel Makron «AQSh aniq xavfsizlik kafolatlarisiz hududiy masalada Ukrainaga xiyonat qilishi xavfi» mavjudligini aytdi.

Nemis nashriga ko‘ra, u Zelenskiyni «katta xavf» haqida ogohlantirgan. Biroq, Yelisey saroyi bu ma'lumotni rad etdi.

Fridrix Merts Zelenskiyni «yaqin kunlarda o‘ta ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. «Amerikaliklar ham siz bilan, ham biz bilan o‘yin o‘ynamoqda», – deya qo‘shimcha qildi u.

Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb shunday dedi: «Biz Ukraina va Volodimir (Zelenskiy)ni bu yigitlar bilan yolg‘iz qoldirmasligimiz kerak». NATO Bosh kotibi Mark Ryutte uni qo‘llab-quvvatladi: «Biz Volodimir (Zelenskiy)ni himoya qilishimiz kerak».

Suhbat ishtirokchilari muzlatilgan Rossiya aktivlari masalasi faqat Yevropada, Amerika bosimisiz hal qilinishi kerakligini ta'kidladilar.

Shuningdek, yevropaliklar Rossiya bilan muloqot olib borayotgan Amerika muzokarachilari – Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan o‘zlari alohida uchrashishga harakat qilishdi. Ammo uchrashuv bo‘lib o‘tmadi.

Tag‘in o‘qing
18 december 2020
Bundan roppa-rosa 100 yil oldin bolsheviklar qo‘mondoni Mixail Frunze avval Buxoroni, keyin uning shotirlari Xivani to‘plardan o‘qqa tutib, ikki ...
6 june 2019
Britaniyadagi Ulster universitetining kriminologiya bo‘yicha professori Kristian Lasslet 30 may kuni Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning biznes imperiyasi haqidagi surishtiruvini ...
30 september 2016
Rassom Elsevar eltuz.com nashriga jo‘natgan navbatdagi suratida masjidda ikkita e'son qutisi paydo bo‘lganini aks ettirgan Ayrim masjid imomlar, paxta ...
9 august 2023
Bir xil alkashlar aroqqa to‘ygach, hovlidagi so‘ri yoki ayvonda kelini, qizi ko‘zi o‘ngida bitta yupqa ishtoncha – trusida uxlaydi, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...