UzPoster
6 january 2026

Kasbi aholisi Indorama changidan bo‘g‘ilmoqda

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Fazli mahallasi hududida, yo‘l bo‘yida joylashgan Indorama Agro MChJga qarashli paxtani qayta ishlash zavodi ekologik talablarni qo‘pol ravishda buzmoqda.

Aftidan, zavodda chang‘ zarralarini ushlab qoluvchi filtrlar mavjud emas yoki umuman ishlamayapti. Natijada ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘layotgan chang‘ atrofga tarqalmoqda. 

Chang havo Fazli MFY bilan bir qatorda Deynov, Paxtakor va Oqtepa mahallalaridagi aholi salomatligiga ham salbiy ta'sir qilyapti

Aholi tomonidan Respublika Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga bir necha bor murojaat qilishgan. Ammo bu murojaatlar hozirgacha javobsiz qolmoqda, holat yuzasidan Indoramaga nisbatan aniq choralar ko‘rilmagan.

Indorama agro korxonasi faoliyatini qonun talablari asosida tekshirish, filtr tizimlarini o‘rnatish va zudlik bilan bu ekologik xavfni bartaraf etish shart.

Tag‘in o‘qing
26 november 2018
Haqiqatdan ham, “Yaxshiga qilsang yaxshilik ham aytadur, ham qaytadur ,- deydi, “yomonga qilsang yaxshilik, na aytadur, na qaytadur” deyishadi. ...
28 december 2025
Popkornlarni olib Shoxrux xonni eshitamiz. Mavzu ishtonsiz xotinlarni vazirlik qattiq nazorat qilsinmi ëki yumshoqmi degan fokusda O‘tkan kuni sun'iy ...
6 august 2021
rassom Kirpi
15 october 2025
Ellikqal'a tumanida erkak xotiniga OIV kasalini yuqtirgani uchun sudlandi. Sud hujjatlarida ismi mavhum bo‘lgan bu fuqaro o‘zining OIV kasaliga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...