UzPoster
31 january 2026

O‘zbekistonda mustaqil OAV va kontent-meykerlarning Instagram akkauntlari ommaviy ravishda o‘chirildi

31 yanvarga o‘tar kechasi Instagram mustaqil XUK nashri akkauntini “Hamjamiyat qoidalarini buzish” sababi bilan deaktivatsiya qildi. Shu bilan birga nashrning shef-redaktori Yana Modelovaga tegishli bog‘liq akkaunt, shuningdek sarpa.media nashri va ekobloger Mutabar Xushvaktovaning profillari ham bloklandi.

Tahririyat ma'lumotlariga ko‘ra, Instagram qo‘llab-quvvatlash xizmati aniq qaysi qoidalar buzilgani haqida batafsil izoh bermagan. Hozircha  XUK akkaunti deaktivatsiya qilingan holatda qolmoqda. Yana Modelovaning akkauntini tiklashga muvaffaq bo‘lingan, ammo ayni paytda u Instagram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri qidiruv orqali chiqmaydi.

Jabr ko‘rgan nashrlar va mualliflar bu holatni O‘zbekistonda ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni yoritib kelayotgan mustaqil OAV va kontent yaratuvchilarga qarshi muvofiqlashtirilgan hujum bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Xususan, gap Chorvoqda Sea Breeze qurilishiga oid materiallar haqida bormoqda.

Jurnalistlar fikricha, bunday hujumlar uchun bot-fermalar va sun'iy trafikdan foydalaniladi: qisqa vaqt ichida sahifalarga ommaviy ravishda soxta akkauntlar obuna bo‘ladi, saytlarga esa nashr mavzusi bilan bog‘liq bo‘lmagan davlatlardan shubhali trafik kela boshlaydi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlar algoritmlari tomonidan avtomatik sanktsiyalarga olib kelishi mumkin.

XUK tahririyati akkauntga kirish huquqini tiklash uchun barcha mavjud mexanizmlarni ishga solishini ma'lum qildi, biroq yangi profil ochish ehtimolini ham istisno etmayapti. Jurnalistlar sodir bo‘lgan voqeani so‘z erkinligiga, axborot tarqatish erkinligiga va mustaqil OAV faoliyatiga tajovuz sifatida baholamoqda.29 yanvar kuni  Eltuz telegram kanali  xam ëpib qo‘yilgan edi.

Ismi noma'lum qolishini istagan Eltuz jurnalistlarining aytishicha¸ kanal «tanqidiy materiallar ortidan xujumga uchragan»

Ushbu holat media jamoatchiligi orasida jiddiy xavotir uyg‘otdi va raqamli makonda jurnalistlar hamda kontent-meykerlarni himoya qilish masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

Tag‘in o‘qing
12 october 2025
Amerika Urushni o‘rganish instituti Ay Es Dablyu Moskva «Nol faza» deb ataluvchi bosqichga — Alyans bilan to‘qnashuv tayyorgarlik bosqichiga ...
25 june 2016
23 iyun oqshomida Toshkentdagi forumlar saroyida raqsga tushgan va qo‘shiq aytganlar orasida ham, tomoshabinlar qatorida ham O‘zbekiston xalq artisti ...
9 august 2023
Qiziriq tumani hokimi Sherzod Rajabov ayrim maktab direktorlarini ishdan bo‘shash haqida ariza yozishga majburlamoqda. Eltuzga kelgan shikoyatga ko‘ra, direktorlardan ...
26 october 2018
Rossiyaning Tula viloyatida 20 oktyabr kuni 300 dan ziyod migrant shahar ko‘chalaridan harbiy asirlar kabi, bir-birining yelkasiga qo‘llarini qo‘ygancha, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...