UzPoster
25 november 2025

«Oskar»ga da'vogar firibgar

Italiyalik «mehribon» o‘g‘il marhuma onasining ro‘molini o‘rab, yillar davomida uning pensiya yedi!

Italiyaning Borgo-Virjilio shahrida Gollivud stsenariylarini ham changda qoldiradigan «qora komediya» fosh etildi. Voqeani eshitib, kulishni ham, yig‘lashni ham bilmaysan kishi.

Italiyalik «uddaburon» o‘g‘il onasi olamdan o‘tgan bo‘lsa-da, uning nafaqasidan ajralgisi kelmadi. Xo‘sh, nima qilish kerak? Albatta, aktyorlik mahoratini ishga solib, marhuma onasining kiyimlarini kiyib, ro‘molni o‘rab, «tirikman va sog‘lomman» deya davlatning pulini shilishda davom etgan.

Balki bu «teatr» yana yillarcha sahnalashtirilgan bo‘larmidi, kim bilsin? Lekin ochko‘zlik qursin-da! Soxta «Gratsiella Dall’Olo» xonim (aslida uning mo‘ylovli o‘g‘li) shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yangilash uchun davlat idorasiga borishgacha jur'at qildi.

Xato shu yerda edi! Uyda jimgina pensiyani yeb yotsa bo‘lardi-ku, lekin yo‘q, hujjat ham kerak bo‘ldi unga.

ZAGS xodimi — ko‘zi o‘tkir ayol edi. Qarasa, ro‘mol o‘ragan kampirshoning yurish-turishi g‘alati, qarashlari shubhali. «Bu nevarasi emasmi?» deb o‘ylagan bo‘lsa kerak, darhol politsiyaga xabar berdi.

Hozirda politsiya tergov olib bormoqda. Asosiy savollar ikkita:

  1. Bu «aktyor» davlat g‘aznasidan qancha pulni o‘zlashtirib ulgurdi?
  2. Sho‘rlik onaxonning arvohi qancha vaqt davomida o‘g‘lining kiyimlari ostida «yashadi»?

Italiyalik bu janobga «Yilning eng uddaburon o‘g‘li» unvonini bermasak ham, grim va performans uchun alohida mukofot bersa arziydi. Faqat endi u qolgan umrida pensiyani emas, qamoqxona balandasini yeyishiga to‘g‘ri keladi.

Tag‘in o‘qing
25 february 2019
Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaevning qarindoshlari va hamtovoqlari nazoratga ...
1 april 2025
Abu-Dabi federal apellyatsiya sudi Davlat xavfsizlik palatasi Moldova-Isroil fuqarosi Tsvi Koganni o‘g‘irlash va o‘ldirishda ayblangan uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga ...
15 may 2018
Toshkentlik turkshunos olim Andrey Kubatinga o‘tgan yilning dekabrida Harbiy sud tomonidan berilgan 11 yillik muddat, yaqinda besh yilga tushirildi. ...
10 january 2024
10 million dollarlik keys! Kuppa kunduzi toshkentlik boy otaning qizi va nevarasi o‘g‘irlab ketilib, ularning kallasi 10 million dollarga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...