Asosiy mavzular
2 april 2023

2 aprel kuni «Alash o‘rda» Kremldan muxtoriyat talab qilgan edi

1918 yilning 2 aprelida Turkistondagi qozoq milliy ozodlik harakati bo‘lgan «Alash o‘rda» partiyasi yetakchilari o‘sha davrda SSSR rahbarlari bo‘lgan Vladimir Lenin va Iosif Stalin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri telegraf aloqasiga chiqib, hozirgi Rossiyaning bir qismi va Qozog‘iston hududidagi Alash o‘rda davlati uchun muxtoriyat talabini qo‘yishdi.

Qozog‘istonning Semipalatinsk (hozirgi Semey) shahrida qarorgoh qurgan Alash o‘rda partiyasi yetakchisi Alixon Bukeyxonov telegraf uskunasini tiqillaëtgan aloqachiga qarata: “Biz «Alash o‘rda» uchun avtonomiya istaymiz”, deydi.

Gap Rossiya tarkibidagi cheklangan muxtoriyat haqida borgan bo‘lsa ham bu taklif bolsheviklarni cho‘chitgan.

Eltuz.com muxbiri gaplashgan tarixchilarga ko‘ra, Kreml «Alash o‘rda» liderlarining muxtoriyat bilan chegaralanib kolmasdan, navbatdagi qadam sifatida to‘la mustaqillik talab qilishidan xabardor bo‘lgan.

Lenin va Stalin boshchiligidagi iqtidor ham, Chor manfaatlarini qayta tiklash uchun urush olib boraëtgan Kolchak ham «Alash o‘rda»ning mustaqil bo‘lishini istamagani bois, bu harakat ustiga chiziq tortildi.

Avvaliga harakat ichiga “Uch juz” partiyasi faollaridan iborat bolshevikparast unsurlar kiritildi.

Alash o‘radani ichdan yemirish uchun Nikolay Stepnov nomi bilan tanilgan leninchi bolshevik Alibiy Jangeldin safarbar qilinadi.

Tarixiy hujjatlarga ko‘ra, 1918 yilning yanvarida Alibiy Jangeldin To‘rg‘ay viloyatida bolshevik tashkilotini qurib, Alash o‘rdani yo‘q qilish masalasida Stalinga va'da bergan.

Pirovardida sovet komissariga aylangan Jangeldin 1918 yildan to 1920 yilgacha Alash o‘rdaga qarshi qurolli fitna va tajovuzlar uyushtirgani aytiladi.

1918 yilning mart oyida “Sari arka” gazetasi Alash o‘rdaning siësiy organi bo‘lgan “Qozoq” gazetasi nashr qilingan tipografiya vayron etilganligini ëzadi.

1917 yilning 5 dekabrida Orenburgdagi umumqozoq qurultoyida “Uyg‘on qozoq” shiori ostida tuzilgan Alash o‘rda davlati 1920 yilning 26 avgustida Qizil armiya tarafidan tor-mor qilindi.

Alash o‘rdaning yetakchisi Alixon Bukeyxonov hibsga olindi va 1937 yilnig 27 sentyabrida sud qilinib, “terrorchi tashkilotga mansublikda” ayblanib, Moskvada otib o‘ldirildi.

Alash o‘rdaning boshqa faollari ham o‘limga hukm qilindi.

Alash o‘rda faoliyatiga qarshi kurashgan Alibiy Jangeldin Kreml siyloviga erishib, Sovet Qozog‘istonining ilk rahbarlaridan biri bo‘ldi.

Botir Rajabov
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 january 2024
Suratdagi bu shaxsni taniysizmi? Tanimagan bo‘lsangiz, hozir ipuchi beraman: 5600 so‘m? – Esladingizmi? …. Ha, topdingiz! Bu o‘sha «2020 ...
6 april 2025
So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda plastik jarrohlikka bo‘lgan qiziqish shu darajada o‘sdiki, odamlar hatto bu yo‘lda hayotini xavf ostiga qo‘ya boshladi. ...
14 january 2026
Jizzax viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Bo‘riev Rahmatullo Xolbekovich 2024 yil noyabr oyidan 2026 yil ...
19 may 2025
Namangan viloyati Pop tumanida erkak do‘konda xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ayol voqea joyida vafot etgan. Xabar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...