Asosiy mavzular
9 august 2017

«Bir buyuk qatlgoh edi bu maydon…»

Pahlavon Sodiq 1973 yilda Namangan viloyatining Chortoq shahrida tug‘ilgan. Toshkent va Turkiyada jurnalistikadan tahsil olgan. «Ruhiyat nasimi» (1994) she'riy kitobi muallifi. Bi Bi Si radiosida xizmat qiladi.

“Axshomgacha urush edi… ”
Zaxiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”

Bir buyuk qatlgoh edi bu maydon,
Qatl oniy edi, O‘lim haq, edi!
Garchi nohaq emas edi olomon…

To‘rt tomon yog‘iydir, to‘rt taraf qamal,
Qaerdan keldi bu qarg‘algan cherik?
Kimning amalidir bu chirkin amal?!

Bu kimning qo‘llari? Bu kimning loshi?
Kimning ko‘zlari bu ko‘ksimga botgan?
Xali tug‘ilmagan go‘dakning boshi,
Seni kim o‘ldirgan? Seni kim otgan?

Sen kimning garovga olgan jonisan?
Qaysi jannatlarda sening makoning?
Nahotki Boburning Andijonisan?..

Bu isyon qullarning qazosi kabi…
Mahv etilgan qancha jonlar, iymonlar
Xuddi mo‘g‘ullarning qasosi kabi!..


Seni kim chorladi bu motamgohga?
O‘limni bo‘yningga olib keldingmi?..
Haq deb o‘yladingmi? Haq deb kuldingmi?

“Kulgan boshqalardir, yig‘lagan menman ”
* Dorning ogochini tikkanlar boshqa,
Dorning og‘ochida ingragan menman.

(* Abdulxamid Sulaymon Cho‘lpon)


“Tonglasig‘a amon tilab chiqtilar… ”
Zahiriddin Muxammad Bobur, “Boburnoma”

Yomg‘ir tindi. O‘q yomg‘iri tinmadi.
Ajal quvlab, yomon tilab chiqdilar.
Ko‘kdan rahmat indi, Yerdan inmadi
Tonglasig‘a omon tilab chiqdilar.

Yayov. Yovuq. Izgirinday izillab
O‘lim yo‘l boshlagan. O‘lim – yo‘lchidir.
Bu bir xalqdir. Bitta o‘qqa tizilgan!..

Ne nav' yetkay nokaslarga saltanat?! *
Qachon sendan omon chiqqan al'amon?!
Ey Dajjol nasabi, nasli – Shaytanat!..

(* “Saltanat andog‘ nokas, behunarlarg‘a ne nav' yetgay!”- “Boburnoma”)

Pahlavon Sodiq
«Ozodlik ohanglari»

Tag‘in o‘qing
1 august 2016
Eski ToshMIning Nikolay g‘ishtdan qurilgan va O‘zbekiston tarixiy ëdgorliklar idorasi muhofazasida bo‘lgan binosi Bosh vazirning bir imosi bilan buzildi. ...
9 april 2018
«O‘zbekkontsert» davlat muassasasida 30 mart kuni muhokama etilgan to‘ylarni ixchamlashtirish haqidagi Senat qarori tasdig‘i noma'lum muddatga qoldirilgan edi. Eltuz.com
7 october 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Kuz kelib to‘y-to‘ychiq ko‘paygan payt… MS: Tuz ...
18 january 2021
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, yaqin-yaqin zamonlarda yot bosqinchilarning yuz yildan ko‘proq vaqt davom etgan mustamlakasidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...