Sas
15 august 2017

«Turkiston hayolga aylandi…»

Yodgor Obid – 1940 yilda Toshkent tumani Ko‘kterak mavzeyida tug‘ilgan. Moskvadagi Oliy adabiyot Institutida tahsil olgan. «Oqqush ertagi» nomli birinchi to‘plami 1973 yilda chop etilgan. So‘nggi yillarda beshta she'riy to‘plami Avstriyada o‘zbek va nemis tillarida chop etildi. «Birlik» Xalq harakati faoli. 1997 yildan buyon Avstriyada yashaydi.

Eltuz – «Ozodlik ohanglari» audio to‘plamiga kirgan she'rlarni taqdim etishda davom etadi. 2007 yili Soros jamg‘armasi tomonidan Londonda chop etilgan bu kitobga o‘z yurtida aksar taqiqlangan turfa shoirlarning ijtimoiy she'rlari o‘rin olgan.

Turkiston – xayolga aylandi,
Xayolga – savolga aylandi,
Erki yo‘q el uchun hibsxona,
Hasratga, malolga aylandi.

Kuylari – ingroq bir sadodir,
Yigitlar. qizlari gadodir,
Go‘zal yurt xarobdir, adodir…
Olimlar qarolga aylandi.

Ko‘z yoshin to‘kadi tunlarga,
Gullari bo‘yalmish xunlarga,
Kim solmish uni bu kunlarga…
Turmushi maholga aylandi.

Go‘daklar non so‘rab zorlanar,
Otalar bosh egib, orlanar,
Kimlarga yolborar, xorlanar…
Yurt holi – shu holga aylandi.

Nafratdan nafasi bo‘g‘ilib,
Turkiston toqati toq bo‘lib,
Demasmi to‘lg‘onib va to‘lib –
Najoti qurolga aylandi.

Yodgor Obid
«Ozodlik ohanglari»
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 december 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 16-qismi millatni, o‘zlikni tanish mavzulariga bag‘ishlanadi. Shoir o‘zining 30 yillik ...
28 june 2019
Ba'zan xorijda, G‘arb davlatlarida yashayotgan vatandoshlarimizga hayron qolaman. Amerika, Kanada va Yevropada kim bilan gaplashmang, ko‘pchilik shu davlatlarning liberal, ...
9 march 2024
Salom qadrli muxlislar Eltuzga kelayotgan so‘nggi beshta maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Namangan, Toshkent, Jizzax, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan ...
21 march 2019
Sharqning ko‘pgina mamlakatlarida Navro‘z bayrami sifatida nishonlanadigan 21 mart yilning kun va tun teng keluvchi sanasi hamdir. Bu kun ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...